Madaniyat

Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomi beriladi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishChekanщik vo vremya rabotы nad izdeliyem iz metalla dlya prodaji turistam
Chekanщik vo vremya rabotы nad izdeliyem iz metalla dlya prodaji turistam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekspertlar Buxoro shahri hunarmandchiligining qadimiy ildizlari hamda uning hozirgi kundagi rivojini tahlil qilmoqdalar.
TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar shahri”maqomini beriladi. Bu haqida Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu maqsadda shu kunlarda Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad-al Kaddumi boshchiligidagi xalqaro oʻrganish hayʼati aʼzolari Buxoro shahrida boʻlib turibdi.
Tashrif davomida hayʼat aʼzolari Buxoro shahridagi hunarmandchilik maktablari, markazlar, hunarmandlar bozorini koʻzdan kechirishdi. Shu bilan birga, xalq amaliy sanʼati vakillari faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarni oʻrganishmoqda.
Aytilishicha, Xalqaro oʻrganish hayʼati aʼzolari Buxoro shahri hunarmandchiligining qadimiy ildizlarini hamda uning hozirgi kundagi rivojini tahlil qilib, baholaydilar. Uni Butunjahon hunarmandlar shahri roʻyxatiga qoʻshish haqidagi xulosalarini berishadi.
Maʼlumot oʻrnida, prezidentning 2021 yil 29 apreldagi qaroriga koʻra, 21-25 may kunlari Buxoro shahrida xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali oʻtkaziladi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferentsiya, koʻrik-tanlov, taqdimot va koʻrgazmalar, teatrlashgan kontsert-tomosha dasturlari, madaniy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish ham kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0