Jamiyat

Xususiy klinikalar ham yoʻllanma asosida xizmat koʻrsata boshlaydi

© freepik.com/senivpetroPharmasict serving customer at drug store
Pharmasict serving customer at drug store - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ushbu yilning 1 apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yoʻllanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.
TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. Ushbu yilining 15 mayidan boshlab xususiy klinikalar ham yoʻllanma asosida xizmat koʻrsata boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi prezident matbuot xizmatiga asosan.
Sogʻliqni saqlash va Moliya vazirliklariga ikki hafta muddatda davlat va xususiy shifoxonalar uchun kasalliklarni davolash boʻyicha yagona tariflarni tasdiqlash topshirildi. Ochiq tanlov eʼlon qilib, 15 mayga qadar yoʻllanma asosida tibbiy xizmatlar koʻrsatadigan xususiy klinikalar roʻyxatini shakllantirish vazifasi qoʻyildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, 1 apreldan boshlab davlat hisobidan davolanish uchun yoʻllanmalar boshqa hududdagi davlat shifoxonalari uchun ham beriladi.
Eslatib oʻtamiz, 28 mart kuni boʻlib oʻtgan majlisda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov tibbiyot sohasidagi ayrim muammolarni tanqid qilgan edi. Xususan davlat rahbari “order” tizimida mavjud muammolarni sanab oʻtgan edi. Prezident aytishiga koʻra, oʻtgan 6 oy davomida birorta xususiy shifoxonaga bemorlar uchun yoʻllanma berilmagan. Yoki, respublika markazlarining ayrim filiallarida yuqori texnologik davolash yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa-da, boshqa hududdan bemor qabul qilinmayagan.
Yangiliklar lentasi
0