Jamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida poyezd qatnovi tiklanishi ortga surilmoqda

© Foto: predostavleno press-slujboy MintransaV Uzbekistane sovershen pervыy reys poyezda, kotorыy preodolel pochti chetыre tыsyachi kilometrov
V Uzbekistane sovershen pervыy reys poyezda, kotorыy preodolel pochti chetыre tыsyachi kilometrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bunga Qozogʻistonda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab qilib koʻrsatilgan.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Qozogʻiston Nukus – Beyneu va Toshkent – Olmaota yoʻnalishidagi xalqaro yoʻlovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasi keyingi muddatga koʻchirmoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, qoʻshni davlat bunga mamlakatda karantin cheklovlari joriy etilganini sabab qilib koʻrsatgan.
Mazkur qaror Qozogʻiston hududida koronavirus infektsiyasi paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Idoralararo komissiya yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Chipta sotib olgan yoʻlovchilardan pulni qaytarib olish uchun temir yoʻl kassalariga murojaat qilish soʻralgan. Chiptalarni keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib olish imkoniyati ham bor
Avvalroq 1 apreldan boshlab Nukus – Beyneu, 2 maydan boshlab Toshkent-Olmaota yoʻnalishida poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0