Iqtisod

Tashqi xavf-xatarlarni yumshatish uchun tadbirkorlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi

© CC0 / Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoye foto
Biznesmen. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Prezident tashqi xavf-xatarlarni yumshatish uchun tadbirkorlarga beriladigan qoʻshimcha yengilliklarni maʼlum qildi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida Oʻzbekiston tadbirkorlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini eʼlon qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Jumladan:
soliq maʼmurchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini, va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron roʻyxatdan oʻtkazish kabi yangi mexanizmlar boʻyicha jarima va boshqa taʼsir choralari yil yakuniga qadar qoʻllanilmaydi;
oʻz ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi;
yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qoʻllanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari boʻyicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.
Banklar tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablagʻlar uchun qoʻshimcha 10 trillion soʻm “revolver” kreditlar ajratadi. Ushbu mablagʻlar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi.
Davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va taʼlimga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.
“Qanchalik ogʻir boʻlmasin, ajratiladigan mablagʻlarni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, - dedi prezident.
Davlat rahbari bironta hokim va tarmoq rahbarining ish oʻrinlarini kamaytirishga, bandlik rejalarini bajarmaslikka haqqi yoʻqligini taʼkidladi.
“Agar qaysi hokim bu ishlarni qilmasa, unga nisbatan qatʼiy choralar koʻriladi”, - deya ogohlantirdi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0