Iqtisod

Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash choralari koʻriladi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley nekotorыx sektorov
Shavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley nekotorыx sektorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda oziq-ovqat narxi oshishiga yoʻl qoʻymaslik hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator choralar qabul qilinadi.
TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat vaziyatda Oʻzbekiston ichki bozorida oziq-ovqat narxlarini barqaror saqlash, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻymaslik kerak, deyildi Shavkat Mirziyoyev raisligida 31 mart kuni makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida.
"Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda. Bu esa ichki bozordagi narx-navoga, ayniqsa, oziq-ovqat narxlari va inflyatsiyaga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi", - deyiladi xabarda.
Ushbu vaziyatning Oʻzbekiston ichiki bozori va tadbirkorlariga taʼsirini kamaytirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirishga qaror qilindi.

Oziq-ovqat narxi kunda nazorat qilinadi

goʻsht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxining oshishiga yoʻl qoʻyilmadi. Chet el korxonalari Toshkent tovar-xomashyo birjasida oziq-ovqat mahsulotlarini sotishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratildi.
Valyuta bozori va ayirboshlash kursi keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiramiz yetarli, – dedi davlat rahbari
Ramazon oyida narxni arzonlashtirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan imtiyozli mablagʻlarni qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirildi
Bosh vazir rahbarligida respublika shtabi hamda hokimlar boshchiligida hududiy shtablar tashkil etildi. Ularga bozordagi narx-navoni kundalik oʻrganib, mahsulotlarni aholi talabiga qarab qoʻshimcha yetkazib berish topshirildi.
Oziq-ovqat va xomashyoning birja savdolariga chiqarilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish, sunʼiy ravishda narx oshishining oldini olish vazifasi qoʻyildi.

Tadbirkorlar qoʻllab-quvvatlanadi

banklar tomonidan tadbirkorlarga xomashyo sotib olish va aylanma mablagʻlar uchun qoʻshimcha 10 trillion soʻm “revolver” kreditlar ajratiladi;
davlat dasturlari doirasida meva-sabzavotchilik, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va taʼlim kreditlari hajmi ham, imtiyozli stavkalari ham saqlab qolinadi;
soliq maʼmurchiligidagi yangi mexanizmlar boʻyicha yil yakunigacha jarima qoʻllaniolmaydi;
oʻz ehtiyojlari uchun olib kelingan xomashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllash davri hozirgi 6 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi;
2022 yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qoʻllanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari boʻyicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi;
Navoiy, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qoʻshni mamlakatlar bozoriga mahsulot yetkazib beruvchi ulgurji savdo hududlari tashkil etiladi;
Shuningdek Iqtisodiyot tarmoq rahbarlariga xorijiy kompaniyalar bilan kelishib, ularning ishlab chiqarish zanjiriga qoʻshilish vazifasi qoʻyildi. Xalqaro moliya bozoridagi hozirgi nobarqaror vaziyatda chetdan mablagʻ jalb qilish qiyin boʻladi, shu sabab – bor resurslardan oqilona va samarali foydalanish tavsiya etildi.

Vazirlik va hokimiyatlarga taʼqiqlanadi

moliyaviy manbasi aniq boʻlmagan qurilishlarni boshlash;
bino taʼmirlash, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilish kabi qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirish;
iqtisod qilingan mablagʻlar ushbu hudud va tarmoqning rivojlantirish dasturiga yoʻnaltiriladi.
Bosh prokuraturaga byudjet tashkilotlarida ushbu xarajatlarning oldini olish ustidan tizimli nazorat oʻrnatadi va har hafta prezidentga axborot beradi.
Prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda jumladan aholi bandligi muammolari hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish masalalari ham hududlar kesimida tahlil qilindi. Xususan oʻzini oʻzi band qilish shakliga oʻtkazilgan kasblar sonini yana 20taga oshirish yoʻli bilan qoʻshimcha 150 ming aholi bandligini taʼminlash mumkinligi aytildi.
Yangiliklar lentasi
0