https://oz.sputniknews-uz.com/20220401/noqonuniy-kesilgan-daraxt-rasmi-uchun-pul-tolanadi-23700365.html
Noqonuniy kesilgan daraxt rasmi uchun pul toʻlanadi
Noqonuniy kesilgan daraxt rasmi uchun pul toʻlanadi
Bugundan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi boʻlib yuborgan shaxslarga 270 ming soʻm miqdorida pul... 01.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-01T11:05+0500
2022-04-01T11:05+0500
2022-04-01T11:05+0500
jamiyat
daraxt kesilishi
pul
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/01/22044790_0:142:1921:1222_1920x0_80_0_0_0ee30d2e22b05a4300b47687708ff9c0.jpg
TOSHKENT, 1 aprel — Sputnik. Noqonuniy daraxt kesish holatlarini suratga olib yuborganlarga pul toʻlanadi. Bu haqida Toshkent shahar ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda. Huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan soʻng, kelib tushgan xabarlar boʻyicha ragʻbatlantirish amalga oshirilmaydi:Shu oʻrinda yana bir maʼlumot, Davlat ekologiya qoʻmitasiga IIV va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oyda davlat ekologik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.Unga koʻra, 1 sentyabrga qadar "Yashil makon" platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma hududlarning tuproq-iqlim xususiyatlari, daraxtlar soni, turi va joylashuvi, aholining shaxsiy tashabbusi asosida daraxtlar ekilishi mumkin boʻlgan manzillar, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan huquqbuzarliklar kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.Xabarda aytilishicha, jarimalar besh baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oshirildi. Daraxtlarni har qanday holatda kesish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisida hukumat farmoyishlari va hokimlar qarorlarini qabul qilish ham taqiqlandi.Eslatib oʻtamiz, 1 martdan "Yashil yillik" umummilliy tadbiri boshlangan edi. Bahor mavsumida loyiha doirasida 125 mln dona daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan. Prezident aholiga 10 million dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini bepul tarqatish vazifasini bergan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/01/22044790_50:0:1869:1364_1920x0_80_0_0_36b18d3263c9804b88914bce448b7b5b.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
daraxt kesilishi, pul
Noqonuniy kesilgan daraxt rasmi uchun pul toʻlanadi
Bugundan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi boʻlib yuborgan shaxslarga 270 ming soʻm miqdorida pul mukofoti toʻlab beriladi.
TOSHKENT, 1 aprel — Sputnik. Noqonuniy daraxt kesish holatlarini suratga olib yuborganlarga pul toʻlanadi. Bu haqida Toshkent shahar ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
xabar bermoqda.
“Prezidentning 31 dekabrdagi farmoniga koʻra, aholi tomonidan yuborilgan daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish boʻyicha huquqbuzarliklar haqidagi surat va videolar — maxsus avtomatlashtirilgan texnika vositalari orqali qayd etilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi. U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi”, deyiladi xabarda.
Huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan soʻng, kelib tushgan xabarlar boʻyicha ragʻbatlantirish amalga oshirilmaydi:
pul faqatgina birinchi xabar bergan shaxsga toʻlab beriladi;
fotosurat, videoyozuv va xabarlarni taqdim etgan shaxslarning kimligi oshkor etilmaydi;
ragʻbatlantirish mablagʻlari undiriladigan jarimalarning tegishli organlar hisobida qoldiriladigan qismidan qoplab beriladi;
huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar "102" tezkor qisqa raqami yoki "Ekonazorat" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Shu oʻrinda yana bir maʼlumot, Davlat ekologiya qoʻmitasiga IIV va Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oyda davlat ekologik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.
Unga koʻra, 1 sentyabrga qadar "Yashil makon" platformasi ishga tushiriladi. Ushbu platforma hududlarning tuproq-iqlim xususiyatlari, daraxtlar soni, turi va joylashuvi, aholining shaxsiy tashabbusi asosida daraxtlar ekilishi mumkin boʻlgan manzillar, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan huquqbuzarliklar kabi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Xabarda aytilishicha, jarimalar besh baravarga, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori esa ikki baravarga oshirildi. Daraxtlarni har qanday holatda kesish yoki yoʻq qilish toʻgʻrisida hukumat farmoyishlari va hokimlar qarorlarini qabul qilish ham taqiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, 1 martdan "Yashil yillik" umummilliy tadbiri boshlangan edi. Bahor mavsumida loyiha doirasida 125 mln dona daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan. Prezident aholiga 10 million dona mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini bepul tarqatish vazifasini
bergan.