Iqtisod

Oʻzbekistonda shakar va boshqa mahsulotlar narxi nima boʻladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishV Primorye zafiksirovali tsenы na maslo, saxar i makaronы
V Primorye zafiksirovali tsenы na maslo, saxar i makaronы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qishloq xoʻjaligi vazirligi prognozlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi un va kungaboqar yogʻi kamida olti oy, shakar esa 1 yil davomida yetarli boʻladi.
TOSHKENT, 1 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda shakar, bugʻdoy va sariyogʻ kabi muhim oziq-ovqat mahsulotlari yetarlicha bormi? ularning narxi qanday boʻladi? Sputnik muxbirining ushbu savollariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Monopoliyaga qarshi qoʻmita vakillari javob berdi.
Mart oyi oʻrtalarida Oʻzbekistonda muhim ahamiyatga ega mahsulotlarning narxi oshishi va ularni yetkazib berishda sunʼiy taqchillik holatlari kuzatildi. Bunga vahimaga tushgan aholining oʻzi ham biroz "hissa" qoʻshdi. Ayrimlar shakarni qoplab sotib ola boshladi. Ayrim chakana savdo nuqtalarida shakarning narxi deyarli 2 baravar oshdi.
Oradan bir necha kun oʻtib vaziyat ancha yaxshilandi, lekin aholida oziq-ovqat narxi koʻtariladimi, taqchillik boʻladimi, davlat aholini toʻliq taʼminlay oladimi, degan xavotir va vahimalar haliyam bor.

Vahimalar qanday paydo boʻldi

Tovar va tovar birjalari narxlarini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi Nazrulla Ortiqov Sputnik muxbiriga qoʻyidagilarni tushuntirdi.
OAVda Rossiya va Ukraina shakar eksportini taqiqlash haqidagi xabarlardan soʻng aholi orasida xavotir paydo boʻla boshlagan. Dilerlar va chayqovchilar vaziyatdan bir zumda foydalanib, mahsulotlar narxini sunʼiy ravishda oshirganlar. Odamlar esa kelajakda narxlar oshishidan qoʻrqib, shakarni yoppasiga sotib ola boshlagan.
“Hozir 35 millionga yaqin odam kuniga 1060 tonna shakar sotib oladi. Monopoliyaga qarshi qoʻmita korxonalar, zavodlar va birjalarga kamchilik boʻlmasligi uchun kuniga kamida 2000 tonna shakarni savdoga chiqarish boʻyicha topshiriq berdi”, - dedi Ortiqov.
Ortiqov aytishiga koʻra, MDHdagi notinch vaziyat Oʻzbekiston shakar importiga taʼsir qilmaydi. “Angren Shakar” va “Xorazm Shakar” masʼuliyati cheklangan jamiyati shakar xomashyosini asosan Braziliyadan xarid qiladi”, dedi Ortiqov.
Monopoliyaga qarshi qoʻmita bozorlardagi narxlar oʻzgarishini diqqat bilan kuzatib boradi. Agentlik shakar va kungaboqar yogʻini sotuvchi ulgurji savdogarlar uchun imtiyozlar joriy qildi. Mahsulotlar narxini oshirib yuborgan nopok tadbirkorlarga nisbatan qonuniy choralar koʻriladi.
Oziq-ovaqat hammaga yetadi. Aholiga oziq-ovqat yetishmaydimi, deb xavotirda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari Qishloq xoʻjaligi vazirligi tinchlantirdi. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilda Oʻzbekistonda 600 ming tonna shakar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan “Angren shakar” va “Xorazm shakar” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonalari toʻxtovsiz ishlab, respublikani shakar bilan taʼminlamoqda. Mazkur korxonalar 2021 yil va 2022 yil yanvar-fevral oylarida tovar birjalarida oyiga kamida 30 ming tonna shakar sotgan.
Shuningdek, joriy yilda respublika boʻyicha 1 million 27 ming gektar maydonga bugʻdoy ekilgan. Bu yil yozda 7 million 679 ming tonna hosil yigʻib olish rejalashtirilgan. “Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 1 million tonnaga koʻpdir”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Oʻtgan yildan buyon "Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi hududiy korxonalarda 2 million 533 ming tonna bu-doy zaxirada boʻlsa, yana 4 million 123 ming tonna fermer va aholi ixtiyorida qoldi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi prognozlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi un va kungaboqar yogʻi kamida olti oy, shakar esa 1 yil davomida yetarli boʻladi.
Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti huzurida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan majlisda oziq-ovqat narxlarini kunida kuzatib boruvchi maxsus komissiya tashkil qilindi. Unining asosiy maqsadi - strategik muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oshishiga yoʻq qoʻymaslik, vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha joylarda chora-tadbirlar koʻrish.
Yangiliklar lentasi
0