Bokudagi tungi klubda kuchli portlash sodir bo‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Bokuning markaziy qismidagi tungi klubda yoshlarning vaqtichog‘ligi ayanchli yakun topdi.
Voqea 3-aprelga o‘tar kechasi tungi soat 03:00 larda Tarlan Aliyarbekov ko‘chasida joylashgan klub binosida ro‘y berdi, deya yozadi Sputnik Ozarbayjon.
Portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Ozarbayjon FVV xodimlari uni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mamlakat IIV dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi natijasida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, o‘ttizdan ziyod kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida ikki xorijlik ham jabrlangan.
Hozir voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0