Rossiya

Peskov: Putin Rossiyaning haqiqiy brendi boʻldi

© Sputnik / Sergey Guneev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin vыstupayet na mitinge-kontserte v "Lujnikax", posvyaщennom vossoyedineniyu Krыma s Rossiyey
Prezident RF Vladimir Putin vыstupayet na mitinge-kontserte v Lujnikax, posvyaщennom vossoyedineniyu Krыma s Rossiyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Kreml vakili buni prezidentni fuqarolar tomonidan misli koʻrilmagan darajada qoʻllab-quvvatlanayotganida koʻradi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinni mamlakatning haqiqiy brendi deb hisoblaydi. Kreml vakili buni prezidentni fuqarolar tomonidan misli koʻrilmagan darajada qoʻllab-quvvatlanayotgani bilan tushuntirdi.
“Bizda har holda brend – Putin, bu haqiqatdan shunday”, - dedi Peskov "Belarus-24" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya rahbarini qoʻllab-quvvatlash darajasi Ukrainadagi maxsus harbiy boshlanganidan buyon sezilardi oʻsgan va 80 foizdan oshib ketgan.
“Ehtimol, mutaxasssis jamiyatshunoslar va siyosatshunoslar mening fikriga qoʻshilishadi: u yoki bu lavozimda qariyb 22 yil hukumat tepasida boʻlish va aholining 80 foizdan ziyod madadiga ega boʻlish – buni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritish mumkin, bu ulkan darajadagi qoʻllab-quvvatlash”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Rossiya yetakchisi bu qoʻllab-quvvatlashlardan kuch olishini qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0