Dunyoda

Toliblar butun Afgʻoniston hududi boʻylab koʻknori yetishtirishni taqiqlashdi

© AFP 2022 / NOORULLAH SHIRZADAPole opiynogo maka. Arxivnoye foto
Pole opiynogo maka. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu buyruqqa amal qilmaganlar shariat qonun-qoidalariga koʻra jazolanishadi.
TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Afgʻonistonda hukumat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati butun mamlakat boʻylab koʻknori yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda toliblar rasmiy vakili Bilol Karimiy maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

“Barcha afgʻonlarga endi mamlakat boʻylab koʻknori yetishtirish qatʼiyan taqiqlanganini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

“Tolibon”* oliy yetakchisining bu buyrugʻiga amal qilmaganlarni shariat qonun-qoidalariga koʻra jazolashadi, aniqlangan hosil zudlik bilan nest-nobud qilinadi.
Bundan tashqari, tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan dori vositalari va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, tashish, sotish, eksport va import qilish ham taqiqlangan.
Avvalroq muvaffaq hukumatning sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdul Bari Umar Afgʻonistonda har kuni aholining oʻn foizi giyohvand moddalarini isteʼmol qilishini maʼlum qilgan edi.
BMT maʼlumotiga koʻra, 2020 yilda dunyoda ishlab chiqarilgan koʻknor (opium)ning 85 foizi Afgʻoniston hissasiga toʻgʻri kelgan. 2020 yilda koʻknor yetishtirishga moʻljallangan yerlar maydoni 2019 yilga qaraganda 37 foizga koʻpaygan.
2020 yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qoʻyganlarga soni 2,4 million kishi atrofida boʻlgan.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Toliblar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0