Valyuta birjasida Rossiya rubli bilan ham bitimlar tuzilishi boshlandi

© Sputnik / Vladimir TrefilovMoneti nominalom odin rubl.
Moneti nominalom odin rubl. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi savdolarida umumiy hajmi 80 mln Rossiya rublidagi bitimlar tuzilgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Valyuta birja savdolarida Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi bo‘yicha bitimlar tuzilishi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
24 mart kuni Rossiya rubli/so‘m valyuta juftligi (RUB/UZS_TOM instrumenti) bo‘yicha birja savdolari muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Unda umumiy hajmi 80 mln Rossiya rublidagi bitimlar tuzilgan.
O‘zRVB valyuta bozori ishtirokchilariga qo‘shimcha savdo imkoniyatlarini yaratish maqsadida Rossiya rubli/so‘m va Xitoy yuani/so‘m valyuta juftliklari bo‘yicha savdolarni yo‘lga qo‘ygan edi. Mazkur valyuta juftliklari bo‘yicha savdolar ishtirokchilari 2022-yil 31-mayga qadar bitimlar bo‘yicha vositachilik mukofoti to‘lashdan ozod etilgan.
Savdolar "Rhombus" platformasida tashkil etilgan. Ular T+1 rejimida uzluksiz ikki tomonlama “metching” savdo usuli bo‘yicha O‘zRVBning chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha birja savdosi qoidalariga muvofiq o‘tkazilgan.
Ta’kidlanishicha, birja instrumentlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha barcha zarur choralarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat mirziyoyev birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlangani aholida ortiqcha xavotir yoki bezovtalik tug‘dirmasligi kerakligini ta’kidlagan edi. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun O‘zbekistonning zaxiralari yetarli.
Yangiliklar lentasi
0