Kolumnistlar

“Dollar misli qora tuynuk”: yuan dunyo valyutasiga aylanadimi?

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы SSHA.
Denejnыe kupyurы SSHA. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya, Xitoy, arab davlatlari neft savdosini mahalliy valyutalarga oʻtkazishni jidiy muhokama qilmoqda. Vashington siyosatidan norozi boʻlgan Saudiya Arabistoni dollarni “qora tuynuk” deb ataydi.
Dmitriy Yermakov
Gʻarb kompaniyalari Rossiya bozoridan chiqib ketmoqda, demak Xitoy bilan savdo-sotiq kengayadi. Bir qancha mahalliy banklar oʻz mijozlariga Xitoy valyutasida hisob raqami ochishni tavsiya qilmoqda. XXR iqtisodiyoti- dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan. Yuan butun dunyo moliya tizimida dollarga raqobatchi boʻla oladimi? Batafsil RIA-Novosti materialida.
Bir yuan – bir yoʻl
2019 yillarda Moskva va Pekin hisob-kitoblarida dollardan voz kechishga qaror qilgan edi. Ammo oʻsha paytda bu shunchaki muddao edi xolos: Xitoy banklari AQSH valyutasidan voz kechmadi. Shunga qaramay, ikki davlat elektron toʻlov tizimlarini bogʻlash yoʻlida ilk qadamlarni tashladi.
Hozir Xitoy Tashqi ishlar vazirligi yana Rossiya bilan savdoni rubl yoki yuanga oʻtkazish mavzusini koʻtarmoqda. Gap faqat energiya manbalari haqida ketmoqda. Xitoy xuddi shunday strategiyani Janubi-Sharqiy Osiyo va arab davlatlarida ilgari surmoqda. Masalan, Vashington siyosatidan norozi boʻlgan Saudiya Arabistoni dollarni “qora tuynuk” deb ataydi. Shu bois, Ar-Riyod va Pekin hisob-kitob valyutasini oʻzgartirishni allaqachon muhokama qilmoqda, deydi “Tayxe” tahliliy markazining katta ilmiy xodimi Van Tszayban RIA Novosti agentligiga. Bu muzokaralar haqida The Wall Street Journal ham yozdi.
Rossiya va Belarus kredit tashkilotlari ham Gʻarb valyutalaridan voz kechish haqida oʻylamoqda. Xitoy hududida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yagona Rossiya banki VTB “Alfa-Bank” bilan birgalikda rossiyaliklarga yuanda hisob va omonatlarni ochishni taklif qilmoqda. Mart oyida VTBning Xitoy valyutasi bilan operatsiyalar boʻyicha aylanmasi 960 million rublni tashkil etdi. Bu fevral oyiga nisbatan 21 baravar yuqori.
Markaziy bank oxirgi yillarda oltin va Xitoy yuanining ulushini zaxiralarning deyarli yarmigacha oshirganini eslatib oʻtdi. Belarus valyuta-fond birjasi yuan bilan operatsiyalar boshlanganini eʼlon qildi. Dastlabki savdo-sotiq ishlari allaqachon boʻlib oʻtgan.
Beshinchi joy
Xitoy yuanni ilgari surish ambitsiyalarini oʻn yil oldin eʼlon qilgan edi. Va qandaydir muvaffaqiyatlarga erishdi ham. Biroq, hatto xitoylik tahlilchilarning fikricha, Gʻarbning sanktsiyalari ham, Ukrainadagi maxsus operatsiyaning boshqa oqibatlari ham valyuta bozoridagi jahon tartibini oʻzgartirishga olib kelmaydi. Xitoy moliyaviy tuzilmalari tubdan isloh qilingan taqdirdagina “renmenbi”ga (“xalq puli” - Xitoy valyuta birligining rasmiy nomi) omad kulib boqadi, deb yozadi South China Morning Post nashri.
Okean ortidagi raqiblar esa Pekinning harakatlarini xavotir bilan kuzatmoqda. AQSH Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauellning aytishicha, Ukraina voqealari Xitoyning “moliyaviy trayektoriyasini oʻzgartirishi” mumkin. Avvalroq, rasmiyning soʻzlariga koʻra, Pekin jahon valyuta tizimidan izolyatsiyaga qarab ketayotgan edi. Hozir esa u vaziyatdan foydalanib, yuanni kengaytirishni boshlashi mumkin.
Bunday xavotirlar asosli. XVF maʼlumotlariga koʻra, jahon markaziy banklari 319 milliard dollarga teng yuanga ega. Jahon iqtisodiyoti sharoitida bu unchalik koʻp emas: umumiy zaxiralarning taxminan 2,5%i degani. Taqqoslash uchun, uning yarmidan koʻpi dollarda, 19 foizi yevroda saqlanadi. Shu bilan birga, renminbi dunyodagi beshinchi eng yirik zaxira valyutasi hisoblanadi.
Yuan XVF roziligini olgan 2016 yilda uning ulushi keskin oshdi. Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” keng koʻlamli infratuzilma loyihasi haqida unutmaslik lozim. Bunga parallel ravishda, dollarning zahira valyutasi sifatida hajmi pasayib bormoqda - 2007 yilda u deyarli 70% ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, Bloomberg yil boshida taʼkidlaganidek, yuan xalqaro toʻlovlar bozorida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Taqqoslash uchun: valyuta 2010 yilda 35-oʻrinni egallagan edi.
Hozirda renminbi dunyoning taxminan 75 ta davlatida zaxira valyuta sifatida qoʻllanilmoqda, deydi Sigma Global Management investitsiyalar boʻyicha direktori Vladislav Petlenko RIA Novosti agentligiga. Yuan allaqachon Xitoy, Avstraliya va Yaponiya oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri sotilmoqda. Yaʼni, ekspertning taʼkidlashicha, har ikki davlat ham Xitoy bilan bitimlarda AQSH dollariga muhtoj emas.
Xuddi shunday fikrni Yaqin Sharq tahlilchilari ham qoʻllamoqda. Misrning Al-Ahram gazetasining Qatar amirining sobiq maslahatchisi Abd al-Moneym Sayyiddan iqtibos keltirishicha: “Rossiya Xitoyning dunyo ustidan nazorati uchun yoʻl ochadi”. Uning fikricha, aynan yuan yangi xalqaro valyutaga aylanadi, chunki XXR kuchli iqtisodiyotga ega va respublikada “ignadan tortib raketagacha” - hamma narsa ishlab chiqariladi.
Gʻarbning siyosati faqat Rossiya Federatsiyasini Osiyo davlatlari bilan birinchi navbatda neft va gaz bilan savdo qilishga undaydi. Va bu faqat Xitoyga tegishli emas. Masalan, Hindiston va Rossiya milliy valyutalarda hisob-kitob mexanizmini yaratish masalasini muhokama qilmoqda, deb xabar beradi Mint gazetasi Hindiston hukumatidagi manbaga tayanib. Mahalliy eksportchilar toʻlovni dollar va yevroda emas, balki rupiyda olishlari mumkin boʻladi.
Dollar uchun xavf
Qanday boʻlmasin, Rossiya va Xitoy hozirgi sharoitda tovar ayirboshlash hajmini oshiradi. Moskvada boshqa yoʻl yoʻq: AQSH va uning ittifoqchilari Rossiya valyuta zahiralarining yarmini muzlatdi, Markaziy bank bilan operatsiyalarni taqiqladi va bir nechta asosiy banklarning SWIFT tizimiga kirishiga toʻsqinlik qildi.
Xitoy - Rossiya valyuta zahiralarining eng yirik xorijiy egalaridan biri. U ularning 13,8 foiziga ega, bu 630 milliard dollarga teng. Bundan tashqari, Pekin Moskvaning asosiy savdo sherigi. Oʻtgan yili ikki davlat oʻrtasidagi bitimlar hajmi 148 milliard dollardan oshgan.
Biroq, baʼzi muhim masalalarda - masalan, samolyotlar uchun ehtiyot qismlar yetkazib berishda - Pekin hozircha kutib turish pozitsiyasida. Reuters agentligining yozishicha, Xitoy goʻyoki oʻzining toʻrtta yirik neft va gaz kompaniyasiga Rossiya loyihalaridagi ishtirokini kamaytirishni tavsiya qilgan. Ammo Xitoy Tashqi ishlar vazirligi buni rad etdi.
Shu bilan, Vashington Pekinni Moskvaga qarshi sanktsiyalarni chetlab oʻtgani uchun jazo bilan qoʻrqitishda davom etmoqda. AQSH Savdo vaziri Jina Raymondo xitoylik yarimoʻtkazgich ishlab chiqaruvchilarni AQSH jihozlari va dasturiy taʼminotidan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish bilan tahdid qildi.
Fevral oyida rasman ishga tushirilgan raqamli yuan sanktsiyalarni chetlab oʻtish vositasi boʻlishi mumkin. Boshqa elektron valyutalar singari, u sanktsiyalangan tovarlar roʻyxatiga muvofiqligi uchun ayrim bank tekshiruvlarini chetlab oʻtish imkonini beradi.
Raqamli renminbining ishga tushirilishi Vashingtonda xavotir uygʻotdi: elektron dollar hamon ishlab chiqarilish jarayonida. AQSH Markaziy banki bunday surʼatda dollarning xalqaro hukmronligini susayishi mumkinligini aytdi. Bundan tashqari, yevro Amerika valyutasining izidan boradi. SWIFT maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil dekabrida global toʻlovlarning 40,5% i dollarga, yevro esa 36,7 %ni tashkil qilgan.
“Xitoyning Tayvandan boshqa hududiy ekspansiyani rivojlantiradigan joyi yoʻq. Ammo iqtisodiy ekspansiya yoʻllari ochiq, - deydi xalqaro moliyaviy tahlilchi Andrey Plotnikov. Bundan tashqari, raqamli yuan chindan ham Rossiyaga koʻplab iqtisodiy muammolarni hal qilishda va sanktsiyalarni chetlab oʻtishda yordam berishi mumkin”.
Uzoq muddatli istiqbol
Yuanning xalqaro hisob-kitoblarda nisbatan mashhur emasligi Xitoy rasmiylarining valyuta kursini tartibga solish istagi bilan izohlanadi, deydi ekspertlar. “Toʻliq konvertatsiya qilinmagan valyuta mamlakatga ichki bozordagi vaziyatni yaxshiroq nazorat qilish va tashqi boj va sanktsiyalarga osongina moslashish imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, XXR kapitalning chiqib ketishini qatʼiy nazorat qiladi”, - deydi “OOO Leybl Xoum Ink.” bosh direktori Ivan Belkin.
Biroq, rossiyaliklar uchun yuan istiqbolli valyutaga oʻxshaydi: Xitoy Rossiya banklarining SWIFT tizimidan uzilishiga qarshi chiqqan kam sonli davlatlardan biridir.
“Xitoyning Rossiya bilan tashqi savdosida yuanning mustahkamlanishi Xitoy qabul qilishga tayyor boʻlgan qayta yoʻnaltirilgan Rossiya xomashyo eksporti hajmiga bogʻliq boʻladi. Masalan, Xitoy metallurgiya sanoatida oʻz yirik ishlab chiqarishiga ega”, deya taʼkidlaydi Vladislav Petlenko. Xitoy Rossiyadan kam neft sotib oladi. Biroq, rossiyalik yetkazib beruvchilar narxlarni pasaytirsa, Pekin neft hajmini oshirishga rozi boʻlishi mumkin”.
Ekspertlarning fikricha, rossiyaliklar bugungi kunda yuanni sotib olishlari kerak. “Uzoq muddatda bu tavakkal sarmoyadir, ammo tezkor spekulyatsiya va oʻrta muddatli sarmoyalar nafaqat tejash, balki mablagʻlarni koʻpaytirishi mumkin”, - Ivan Belkin.
Vladislav Petrenkoning taʼkidlashicha ham, yuanni investitsiya portfelida saqlash hozirgi vaziyatda koʻproq foydaliroqdir.
Biroq, Xitoy iqtisodiyoti yomon diversifikatsiyalashgan. “Yuan hamon xalqaro tez pulga aylana olish - likvidlikka ega emas. Pekin uchun uzoq vaqt davomida AQSH dollarida baholangan tovarlar eksportining katta hajmi tufayli arzon milliy valyutani saqlab qolish foydali edi”, - deydi Vladislav Petlenko- Shu munosabat bilan Xitoy Xalq banki yuanning AQSH dollari va boshqa taniqli jahon valyutalari bilan bogʻlanishi ustidan nazoratni yumshatishi kerak”.
Biroq bu sodir boʻlmaguncha, Xitoy kompaniyalarining jahon bozoridagi roli ortib borishi yuanning qadrsizlanishiga olib keladi. Bu shuni anglatadiki, rossiyaliklar yuanni sotib olayotganda biroz pul yoʻqotish xavfi bor - hech boʻlmaganda, qisqa muddatda. Xitoy valyutasining Rossiya bilan tashqi savdodagi roliga kelsak, bunda koʻp narsa Pekinning Gʻarbdan mustaqil oʻyin oʻynash istagi va eng muhimi, qobiliyatiga bogʻliq.
Yangiliklar lentasi
0