O‘zbekiston olimlari yangi o‘simlik kashf etishdi

© PhytokaysNoviy vid rannyukulusa obnarujili Uzbekskie uchenie v gorax Baysuna
Noviy vid rannyukulusa obnarujili Uzbekskie uchenie v gorax Baysuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna bo‘lish
Boysun tog‘laridan ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi o‘simlik topildi va unga “Ranunculus tojibaevii” deb nom berildi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 80-yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Bu haqida Botanika Instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi mudiri (Phd) Ziyoviddin Yusupov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar beridi.
Yangi kashf etilgan o‘simlikka - “Ranunculus tojibaevii” nomi berildi. Mazkur o‘simlik - Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ayiqtovon turkumini turi hisoblanadi (lyutik). Yangi tur hozir faqat O‘zbekistonda uchraydi - bu xildagi o‘simlik turlari endemik deyiladi va ayiqtovon turkumi bo‘yicha O‘zbekistonda yagona endemik tur hisoblanadi”, deydi Ziyoviddin Yusupov.
O‘simlik nomi - O‘zRFA Botanika institutida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan va O‘zbekistonda botanika sohasiga o‘zining mashaqqatli mehnati bilan ulkan hissa qo‘shgan akademik Komiljon Tojibayev Sharofitdinovich sharafiga qo‘yildi.
Aytish joizki, 2022-yil 1-aprelda O‘zRFA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va Biogeografiya laboratoriyasi, O‘zbekiston Florasi laboratoriyasi xodimlari hamda xalqaro botanik olimlar hamkorligida Botanika sohasida mashhur “PhytoKeys” jurnalida Ayiqtovon turkumiga mansub bo‘lgan mazkur turning O‘zbekiston hududidan topilganligi va uni to‘liq O‘zbekiston florasi uchun noyob endemik tur ekanligi haqida maqola chop etildi. Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Ayiqtovon (Ranunculus) – ayiqtovon turkumiga mansub ko‘p yillik va ba’zan bir yillik o‘simliklar turkumi hisoblanadi. Barglari panjasimon bo‘lma va o‘yma. Gullari sariq. Mevasi parcha, apokarp, quruq.
Mazkur turkumga kiruvchi O‘zbekiston florasida topilgan eng oxirgi yangi tur 1941-yil aniqlagan edi. U “Ranunculus vvedenskyi” deb nomlangan edi.
© PhytokaysNoviy vid rannyukulusa obnarujili Uzbekskie uchenie v gorax Baysuna
Noviy vid rannyukulusa obnarujili Uzbekskie uchenie v gorax Baysuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2022
Noviy vid rannyukulusa obnarujili Uzbekskie uchenie v gorax Baysuna
Yangiliklar lentasi
0