Jamiyat

Qoʻshni davlatlar OTMlaridan oʻqishni imtihonsiz koʻchirish mumkinligi haqidagi xabar rad etildi

© Pexels/PixabayStudent za knijkami
Student za knijkami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻshni respublikalarda oʻqiyotgan talabalar test sinovlarsiz Oʻzbekistonga "perevod" qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov imzosi tushirilgan xat tarqaldi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bu xat va undagi maʼlumotlar hech qanday asosga ega emasligini maʼlum qildi.
Tarqalgan xatda goʻyoki OTMlarda dars mashgʻulotlarining boshlangani munosabati bilan qoʻshni respublikalarda tahsil olayotgan barcha talabalarga yozgi koʻchirish davrida test-sinovlarsiz, toʻlovlarsiz soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekistonda oʻqishga ruxsat etilgani yozilgan.
“Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari! Har xil soxta axborotlarga ishonib qolmasliklaringizni yana bir bor soʻrab qolamiz va oliy taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirishga doir har qanday xabarning haqiqiyligini avval vazirlikning telegramdagi @eduuz rasmiy kanali orqali tekshirib koʻrishingizni tavsiya etamiz”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik asossiz va yolgʻon axborotni tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0