Dunyoda

Vuchich Serbiya prezidenti saylovida gʻalaba qozondi

© AP Photo / Darko VojinovicPrezident Serbii Aleksandr Vuchich
Prezident Serbii Aleksandr Vuchich  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Serbiyaning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchich prezident saylovida gʻalaba qozondi. Bundan Serbiya Respublika saylov komissiyasi saytida maʼlumotlar darak bermoqda.
Hisoblab boʻlingan 90 foiz ovozlar maʼlumotlariga koʻra, Vuchich saylovning birinchi bosqichida saylovchilarning 59,55 foiz ovozi bilan gʻalaba qozongan. Shu tariqa, Vuchich bu lavozimga qayta saylangan.
Serbiyaning sobiq Bosh shtabi rahbari Zdravko Ponosh 17,53 foiz ovoz bilan ikkinchi oʻrinda. Milosh Yovanovich 5,82 foiz natija bilan hozircha uchinchi oʻrinda.
3 aprel kuni boʻlib oʻtgan Serbiya prezidenti va parlamenti saylovlarida saylovchilarning 58-60 foizi qatnashgan.
Yevropa hamjihatligi qogʻozdagi ertak ekan: Serbiya prezidenti
Kuni kecha Aleksandr Vuchich Serbiya Rossiya bilan hamkorlik va doʻstlik munosabatlarini saqlab qolishga intilishini maʼlum qilgan edi. Mamlakat oʻzining harbiy betaraflik siyosatini davom ettiradi va biror bir harbiy blokka qoʻshilishdan voz kechadi.
Yangiliklar lentasi
0