Mirziyoyev Toqayev bilan ShHT sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda O‘zbekistonda ShHT davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yetakchilar suhbat chog‘ida o‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar dastur doirasida faol almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratishgan.
“Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonda ShHT sammitini o‘tkazish va unga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi”, - deyilgan xabarda.
Davlat rahbarlari muqaddas Ramazon oyi boshlangani bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.
2022 yilda O‘zbekistonda ShHT davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi. Samarqand shahri muzokaralar platformasiga aylanadi. Ushbu muhim tadbirga tayyorgarlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. O‘zbekiston ShHT raisligida 80 dan ziyod tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0