https://oz.sputniknews-uz.com/20220405/qoidabuzar-haydovchilar-uchun-jarima-ballari-tizimi-qachondan-joriy-etilishi-malum-boldi-23775449.html
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi maʼlum boʻldi
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1 dekabrdan joriy etiladi. Har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi
2022-04-05T10:35+0500
2022-04-05T10:35+0500
2022-04-05T10:35+0500
jamiyat
yoʻl
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/17/15661568_0:157:3073:1885_1920x0_80_0_0_0a8b9d9b74e9ec3af1d51581c37618bf.jpg
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1 dekabrdan joriy etiladi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda nazarda tutilgan.Yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilayotgan yangi tizimga koʻra:Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bir oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini tayyorlashlari shart.Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini maʼlum qilgan edi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda oʻtsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum boʻlishi mumkin.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e4/0c/17/15661568_136:0:2867:2048_1920x0_80_0_0_39174c24c22e0471e1ba4cd51ffa60bd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yoʻl
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi qachondan joriy etilishi maʼlum boʻldi
Har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi.
TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1 dekabrdan joriy etiladi. Bu prezident imzolagan “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda
nazarda tutilgan. Yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilayotgan yangi tizimga koʻra:
har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi maʼlum muddatga mashina boshqarish huquqidan mahrum qilinadi;
muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi.
Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bir oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda, haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini tayyorlashlari shart.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev fevral oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida haydovchilar huquqbuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etilishini
maʼlum qilgan edi. Masalan, haydovchi tezlikni oshirsa – 1 ball, qizil chiroqda oʻtsa – 3 ball hisoblanadi. Agar bir yilda qoidabuzarliklar jami 12 balldan oshsa, haydovchi avtomobil boshqarish huquqidan mahrum boʻlishi mumkin.