https://oz.sputniknews-uz.com/20220406/evropa-ukraina-inqirozi-tufayli-aqsh-tuzogiga-tushdi---xitoy-oavi-23808728.html
Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSH tuzogʻiga tushdi - Xitoy OAVi
Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSH tuzogʻiga tushdi - Xitoy OAVi
Ukraina mojarosi Yevropani NATO va Rossiya orasida "ikki oʻt oʻrtasida qoldirdi". YEI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi oʻta ogʻir boʻlmoqda. 06.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-06T14:09+0500
2022-04-06T14:09+0500
2022-04-06T14:09+0500
analitika
yevropa
aqsh
nato
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/1c/23021431_0:81:2000:1206_1920x0_80_0_0_977ff6678fd3cd8116ddd88a86507ab4.jpg
TOSHKENT, 6 apr – Sputnik. Ukraina inqirozi AQShning Yevropa uchun qoʻygan tuzogʻidir, agar Yevropa oʻz xavfsizligini oʻz qoʻliga olmasa, u parchalanishda davom etadi va uning nufuzi pasayadi, deb yozmoqda Xitoyning Global Times nashri. Ukraina mojarosi esa Yevropa NATO va Rossiya oʻrtasida "ikki oʻt orasida qolganini" koʻrsatmoqda, YEI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi oʻta ogʻir boʻlmoqda. Xitoy Xalq universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar instituti direktori Van Yiveyning fikricha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin NATO anʼanaviy dushmanini yoʻqotib, sof harbiy blokdan siyosiy xavfsizlik blokiga aylanishga harakat qildi. Tahlilchiga koʻra, Ukrainadagi inqiroz tufayli Yevropaning nufuzi yanada pasayadi, buning oʻzi bir dilemma, agar AQSH monopoliyasini sindirishga qodir qudratli davlat topilmasa, Yevropa asta-sekin parchalanish va kuchsizlanishda davom etadi. “Yevropa muvozanatga erishish uchun uning strategik mustaqilligi va xavfsizligi Amerika nazoratidan xoli boʻlib yevropaliklar qoʻli ostiga oʻtishi kerak”, deydi mutaxassis. Yevropa strategik mustaqillikka erishishga harchand urinmasin, harbiy-siyosiy blokning “miya va mushaklari” AQShning qoʻlida ekan - bu amalga oshmaydi. Xitoy siyosatshunoslarining fikriga koʻra, Ukrainadagi vaziyat, aslida, AQShning Yevropaga qoʻygan tuzogʻidir: AQSH harbiy-sanoat majmuasi oʻzini boyitish uchun NATOning sharqda kengayishiga yordam beradi, keyin esa AQSH Yevropa xavfsizligini qoʻlga kiritadi va Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida inqiroz tashkil qiladi.
yevropa
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/1c/23021431_142:0:1859:1288_1920x0_80_0_0_727978fc1fdb48d14a2756b9179af15d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yevropa, aqsh, nato
Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSH tuzogʻiga tushdi - Xitoy OAVi
Ukraina mojarosi Yevropani NATO va Rossiya orasida "ikki oʻt oʻrtasida qoldirdi". YEI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi oʻta ogʻir boʻlmoqda.
TOSHKENT, 6 apr – Sputnik. Ukraina inqirozi AQShning Yevropa uchun qoʻygan tuzogʻidir, agar Yevropa oʻz xavfsizligini oʻz qoʻliga olmasa, u parchalanishda davom etadi va uning nufuzi pasayadi, deb yozmoqda Xitoyning Global Times nashri.
"NATOning soʻnggi 73 yildagi evolyutsiyasi - bu AQShning Yevropa qitʼasida oʻz gegemonligini saqlab qolish uchun davlatlar ustidan amalga oshirgan manipulyatsiyasi tarixidir. Dastlab sobiq Sovet Ittifoqqi yozvuzlashtirildi va umumiy dushman deb eʼlon qilindi, hozir esa Rossiya. Ushbu qoʻrquv asosida NATO Yevropa xavfsizlik tizimini tashkil qildi va AQSH unga bosh boʻldi. Buning oqibatida Yevropada ichki nizolar va qarama-qarshiliklar kelib chiqmoqda", - deb Xitoy Xalqaro aloqalar instituti professori Li Xaydunning fikrini keltiradi nashr.
Ukraina mojarosi esa Yevropa NATO va Rossiya oʻrtasida "ikki oʻt orasida qolganini" koʻrsatmoqda, YEI ushbu ikki kuch orasida muvozanat topishi oʻta ogʻir boʻlmoqda.
Xitoy Xalq universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar instituti direktori Van Yiveyning fikricha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin NATO anʼanaviy dushmanini yoʻqotib, sof harbiy blokdan siyosiy xavfsizlik blokiga aylanishga harakat qildi.
Tahlilchiga koʻra, Ukrainadagi inqiroz tufayli Yevropaning nufuzi yanada pasayadi, buning oʻzi bir dilemma, agar AQSH monopoliyasini sindirishga qodir qudratli davlat topilmasa, Yevropa asta-sekin parchalanish va kuchsizlanishda davom etadi.
“Yevropa muvozanatga erishish uchun uning strategik mustaqilligi va xavfsizligi Amerika nazoratidan xoli boʻlib yevropaliklar qoʻli ostiga oʻtishi kerak”, deydi mutaxassis.
Yevropa strategik mustaqillikka erishishga harchand urinmasin, harbiy-siyosiy blokning “miya va mushaklari” AQShning qoʻlida ekan - bu amalga oshmaydi. Xitoy siyosatshunoslarining fikriga koʻra, Ukrainadagi vaziyat, aslida, AQShning Yevropaga qoʻygan tuzogʻidir: AQSH harbiy-sanoat majmuasi oʻzini boyitish uchun NATOning sharqda kengayishiga yordam beradi, keyin esa AQSH Yevropa xavfsizligini qoʻlga kiritadi va Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida inqiroz tashkil qiladi.