Dunyoda

Vengriya Rossiya gazini rublda sotib olish masalasini koʻrib chiqmoqda

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina derjit ventil truboprovoda
Mujchina derjit ventil truboprovoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Peter Siyyarto: Vengriya elektr taʼminoti xavfdan xoli va shunday boʻlib qoladi.
TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. Budapesht Rossiya gazi uchun rublda pul toʻlanishining texnik yechimi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto maʼlum qildi.
Vengriya TIV rahbari gazni rublda sotib olish haqidagi savolga javob berayotib, uning mamlakati “Gazprom” oldidagi oʻzining birinchi toʻlov majburiyatini may oxirida bajarishi kerakligi, hozir texnik yechim tafsilotlari ishlab chiqilayotganini aytdi.
“Vengriya elektr taʼminoti xavfdan xoli va shunday boʻlib qoladi”, - deya taʼkidladi Siyyarto.
U gaz yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat Vengriya va Rossiya oʻrtasida tuzilgani va shu bois Yevropa Ittifoqining Rossiya gazini sotib olishga doir umumiy qarori Budapeshtga tegishli boʻlmasligini qoʻshimcha qildi.
Rossiya prezidenti 31 mart kuni 1 apreldan boshlab Rossiya gazining doʻst boʻlmagan mamlakatlarga yetkazib berganlik uchun toʻlovning yangi tartibini nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Endi bunday mamlakatlar mablagʻlarni xorijiy valyutada “Gazprom”ga oʻtkazishlari kerak. Kompaniya oʻz navbatida birjada ularni rublga almashtiradi va ularni importyorlarning rubldagi hisob-varaqlariga oʻtkazadi. Shu tariqa, Gʻarb mamlakatlari gazni rublda sotib olishlari mumkin boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0