Kolumnistlar

Yevropa "General Ayoz" kelishi bilan halok boʻlishga tayyor

© Sputnik / Aleksey VitvitskiyLogotip Yevrosoyuza na zdanii shtab-kvartirы Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele
Logotip Yevrosoyuza na zdanii shtab-kvartirы Yevropeyskogo parlamenta v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
AQSH gʻoyalariga sodiqlik Yevropaga qimmatga tushmoqda. Anʼanaviy hamkorlikdan bir tomonlama voz kechib, koʻmirni Avstraliya va gazni okean ortidan sotib olish bu - sogʻlom aqlga zid ishlar.
Bu yilgi aprel ob-havo anomaliyalarining barcha rekordlarini oʻrnatishi mumkin: hatto yumshoq iqlimli Frantsiyada ham soʻnggi 70 yil ichida misli koʻrilmagan sovuq havo qayd etilgan. Bir kechada havo harorati Tselsiy boʻyicha oʻrtacha minus toʻqqizga tushgan.
Albatta, sabzavot va meva yetishtiruvchi fermerlar bundan zarar koʻrgan. “Zarar” deganda, hosil kutilganidan yomonroq va rejadan past boʻlishini, yaʼni shundoq ham qimmat boʻlgan olma va olxoʻrining yanada qimmatlashishi nazarda tutiladi.
Agar bugun ob-havo ikkinchi darajali, Yevropa Ittifoqi hukumati geosiyosiy qarorlar qabul qilayotgan fursatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan oʻz injiqliklarini koʻrsatmaganda iqlimiy kontinental nyuanslar oddiy yevropaliklarning suhbat mavzusi boʻlib qolar edi.
“Erkinlik va demokratiya”ga erishish uchun Birlashgan Yevropa aholisi goʻshtni kamroq isteʼmol qilishi kerakligini biladi. Yaʼni kamroq yeyish kerakligini ham. Shuningdek, birlashgan Yevropa aholisi suvni tejashi ham kerak (Yevropa komissarining ajoyib taklifi, emishki “bu Putinga qarshi chora boʻladi”) va tez yuvinib olish kerak, umuman yuvinishning imkoni boʻlsa, albatta.
Uyda qalin sviterga oʻranib yurish haqida (Germaniya soha vazirining ajoyib taklifi) Rossiyada allaqachon bilib boʻlishdi, va ehtimol issiqqina uyda oʻtirib miyigʻida kulishdi ham.
Soha mutaxassislar ham ortda qolishayotgani yoʻq. Frantsiyada elektr uzatish liniyalari kompaniyasi rahbariyati kir yuvish, quritish va dazmollash ishlarini yakshanba kuni qilish yaxshi ekanligini aytibdi, chunki dushanba kuni erta tongda elektr energiyasi “sizlar koʻpsizlar, men esa bittaman” deb shunchaki oʻchib qolishi mumkin ekan.
Elektr bilan bogʻliq muammolarning sababi atom elektr stantsiyalaridagi mavjud 56 reaktorning yarmiga texnik xizmat koʻrsatilayotganida.
Va bunday ogohlantirishlar oxirgisi emas, chunki yozda hamma salqinlikni yaxshi koʻradi (qishda esa sovuqni sevishning iloji yoʻq: qanaqa odamlar-a,) va konditsionerlar-ventilyatorlarni iloji boricha koʻproq ishlatadi.
Bunday paytda oʻrtahol yevropalik meva-sabzavotlarsiz, kamgina goʻsht, ikkita sviterda va “taraqqiyot va demokratiyaga” zarar bermaslik uchun unga qanchalik kamroq dushga kirishga ruxsat berilganligi haqida azob chekayotganda, yo Smolensk traktida aylanib yurgan Berezina yaqinidagi frantsuzga yoki Stalingrad yaqinidagi nemisga oʻxshaydi. Fursatga mos kayfiyat bilan.
Ammo hazil va kinoyani bir chetga surib qoʻysak, hozir kulish fursati emas, chunki birlashgan Yevropa qanday qilib Rossiyani jazolab alamini keltirishni bilib olishi va shu bilan birga hurmatli burjua tartibini va magʻrur koʻtarilgan yelkalarini saqlab turishi kerak.
Belgiya poytaxtida magʻrur yelkalar va kam energiya isteʼmolini saqlab qolish bilan birga (“Yoʻqolsin avtomobil!” shioridan foydalangan holda, Bryusselga koʻra, Rossiya hukumatini mustahkamlaydi), aʼzo mamlakatlarning siyosiy birligini saqlab qolishga ham ishoralar qilishayotir.
Hozircha bu muhim emas. Rostini aytganda, unchalik ish bermayapti.
Garchi rasmiy Varshava, xuddi soʻnggi yuz yil ichida boʻlgani kabi, Rossiya energiya tashuvchilarni rad etib, “Rusofobiya marshda” banneri bilan poyezddan oldinda yurishni davom ettirsa ham, hamma ham oyoq-qoʻllari, quloqlarini muzlatib qanday boʻlmasin Kremlga muammo tugʻdirish uchun issiqlik va yaxshi sharoit bilan xayrlashishga qattiq harakat qilayotgani yoʻq.
Germaniyada siyosatchilar gaz eksportidan voz kechishga tayyor ekanliklarini aytishsa-da, keyin jimgina “ehtimol bugun emas, balki yaqin kelajakda” deya aniqlik kiritib qoʻyishmoqda.
Rossiya energetika resurslariga qoʻshnisidek juda muhtoj boʻlmagan Frantsiyada (faqat YEIga asos solgan davlatlarni oladigan boʻlsak) na vasiyligidagi polyaklarni va na nemis hamkasblarini xafa qilmaslikka harakat qilishmoqda.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ham oʻz gaplari bor. Baʼzilari Rossiya yetkazib berishidan bosh tortishni xohlashlarini aytishadi, qolganlari esa oʻzlarini xuddi “Yevropa qarorlari bilan birdam ruhda” koʻrsatishadi, lekin ehtiyotkorlik bilan aniq tushuntirib turishadiki, gazsiz ular tamom boʻladi.
Milliarder Blumbergning Blumberg nashri ushbu suyuq konsensusga kelishmovchilik keltirib, bir muxbirlik materialining sarhavhasida keltirishicha, neft va gaz narxining oshishi tufayli Moskva joriy yilda uglevodorodlarni Rossiyani xushlamaydigan mamlakatlarga yetkazib berishdan 321 milliard dollardan koʻproq daromad olishi mumkin.
Milliarder Blumberg yo yirik biznesmen sifatida “Gazprom” kontsernining imkoniyatlariga hasad qilyapti yoki oʻz sanktsiyalar strategiyasiga unchalik ishonmagan yevropaliklarni baribir iliqlik va qulaylikdan voz kechishga majbur ekanliklariga ishontirmoqchi.
Biroq taxminlar va talqinlarni bir chetga surib qoʻyamiz.
Bugungi kunda birlashgan yevropaliklarning Rossiya uglevodorodlari, polimerlari, shuningdek donidan voz kechib, oʻz uylarida muzlab qolmaslikka imkon beradigan nimasi bor oʻzi?
Ha, umuman, tanlov, yumshoq qilib aytganda, koʻp emas.
Bizga tushuntirishlaricha, bozorda oʻzgaruvchan boʻlsa ham qoʻshimcha energiya resurslari juda kam, Ularni qanday yetkazib berish ham alohida muammo.
Albatta, Yevropa Ittifoqi qudratli va bu tezisga ishonmaslik qiyin, biroq hatto umumevropa hukumatlari ham koʻk yoqilgʻini tankerlarning zaxira maydonlariga bitta oson harakat bilan itarib yubora olmaydilar va agar qudratli Yevropa Ittifoqiga kuchli (moʻysafid) Jo Bayden yordam bersa ham baribir, Amerika demokratiyasi qoʻriqchisi vazifasini bajaruvchisining qoʻllab-quvvatlashi yetarlicha yordam bermaydi va umuman muammoni hal qilmaydi.
Global umumevropa qarorlarini qabul qilishning asosiy vositasi boʻlgan konsensusga qaytsak, shuni eslatib oʻtish joizki, masalan, rasmiy Budapesht, ochiqchasiga Bryusselga qarshi chiqdi. Vengriyadagi saylov natijalaridan bilishimizcha, u buni davom ettirishi mumkin.
Orban yana saylovchilarning ishonch mandatini oldi va endi u ularni himoya qiladi. Shu jumladan, ertalabki tozalash ishlaridan tortib choynakda suv isitishgacha.
Umuman olganda, hozirgi birlashgan Yevropa bugungi kunda qiziq manzarani koʻrsatyapti: u faqat shior koʻrsatmalari asosida harakat qilayotgan vaziyat qanchalik bemaʼni boʻlsa, uning rahbarlari va jarchilari shunchalik jahl bilan umumiy qadriyatlar atrofida birlashishga chaqirmoqda.
Ammo bemaʼnilikning chegarasi yoʻqligi sababli, agar tizim kuchayishda davom etsa, tez orada “haqiqiy yevropalik”lar, “taraqqiyot va demokratiya” tarafdori boʻlish uchun kam hollarda dush qabul qilishi, paypoq va sviterlarni yechmasdan uxlashi, goʻshtdan voz kechishi va ommaviy tarzda velosiped haydashga oʻtishi kerak boʻlishi mumkin.
Ilgari qaysar friklar hayotining belgisi boʻlgan narsalar, bugungi kunda yevropalik amaldorlar va yevropalik vazirlarning saʼy-harakatlari tufayli oddiy odamning yevropacha turmush tarzi uchun yaxshi ohangga aylanmoqda.
Albatta, biz ozodlik kurashining romantikasini eslaymiz va bugungi kunda mavjudlikning yangi standartlari ostiga tushib qolganlarga har tomonlama hamdardmiz.
Aslini olganda, “haqiqiy yevropalik ayollar lablari va kipriklarini boʻyamaydilar” degan fikrga yetib olish uchun koʻp vaqt talab qilinmaydi, chunki dekorativ kosmetikadan foydalanadigan ayol, shubhasiz, (bu mantiqda) “Kreml agenti” boʻlib chiqishi mumkin.
Kuzatishda davom etamiz. Biz bu yoʻlni bosib oʻtdik va bu koʻchaning boshi berk ekanini bilamiz, ammo, katta ehtimol bilan sogʻlom fikrni unutib, Yevropada kim birinchi boʻlib yana oʻsha xatolarni takrorlashiga xalaqit bermaymiz.
Ammo ularga muvaffaqiyatli sayr tilamaslik odobsizlik boʻlardi. Shunday ekan, sayringiz yaxshi oʻtsin, bolalar!
Yangiliklar lentasi
0