Dunyoda

NYT: NATO mamlakatlari orasida Moskva bilan keyingi munosabatlar borasida ixtilof bor

© AP Photo / Virginia MayoZdaniye shtab-kvartirы NATO v Bryussele
Zdaniye shtab-kvartirы NATO v Bryussele  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Frantsiya, Germaniya va Turkiya esa hozirgi vaziyatdan qatʼi nazar, Rossiya hukumati bilan aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.
TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. NATOga aʼzo davlatlar Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlarda keyingi qadamlar boʻyicha oʻzaro kelisha olmayapti. Bu haqda “The New York Times” oʻz manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Manbalarning maʼlum qilishlaricha, Boltiqboʻyi davlatlari va Polsha Rossiya bilan munosabatlarni toʻliq uzishni talab qilmoqda. Shu bilan birga Frantsiya, Germaniya va Turkiya esa hozirgi vaziyatdan qatʼi nazar, Rossiya hukumati bilan aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.
Avvalroq Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi bilan muloqotni davom ettirish zarurligini maʼlum qilgan edi. Shu tariqa Makron uni Putinga muntazam qoʻngʻiroq qilishini tanqid qilgan Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiyga javob qaytargan.
31 mart kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan sanktsiyalarda ishtirok etmasligi, chunki Rossiya bilan muloqotga katta ahamiyat berishini maʼlum qilgan edi.
Turkiyalik siyosatshunos: AQSH sanktsiyalar orqali boshqalarni oʻz izmiga boʻysundirishga urinmoqda
Yangiliklar lentasi
0