Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uy-joylar va mehmonxonalar qad rostlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s neskolkimi stroitelnimi proyektami v Tashkente i Samarkande,
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s neskolkimi stroitelnimi proyektami v Tashkente i Samarkande, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Binolarda 1 million 700 ming kvadrat metr savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘ladi. Buning negizida 14 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar quriladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari avvalo Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab qad rostlaydigan uy-joylar va mehmonxonalar loyiha maketini ko‘zdan kechirdi.
Loyihaga asosan, binolar to‘rt qavatli, to‘rt xil dizaynda bo‘ladi. Birinchi qavatda savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyat yuritadi. Yuqori qavatlarda xonadonlar yoki mehmonxonalar bo‘ladi. Ko‘cha bo‘yida piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi.
Prezident loyihani ma’qulladi. Uylarni energiya tejamkor qilib qurish, issiq va sovuqda mo‘’tadil bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidland
Hisob-kitoblarga ko‘ra, binolarda 1 million 700 ming kvadrat metr savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘ladi. Buning negizida 14 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi.
Shuningdek, ushbu ko‘chada joylashgan "Toshkent-Sharqiy" aeroporti infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish choralari ham belgilandi.
Prezident ko‘rsatmalari asosida qayta ishlangan “Mahalla markazlari barpo etish” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Aytilishicha, bunday markazlarda stadion, o‘yin maydonchalari, kutubxona, kompyuterxona, oshxona, hammom va boshqalar bo‘ladi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi taklifi asosida ushbu markazlar joyini aniqlash vazifasi qo‘yildi.
Ma’lumki, 2025-yilda Toshkent shahrida Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu nufuzli musobaqa uchun poytaxtimizning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi loyihalashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, shaharcha markazida olimpiya stadioni, uning ikki yonida yopiq sport majmualari, suv sporti saroyi, mashg‘ulot maydonchalari, eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Ma’muriy bino, yotoqxona, muzey va xo‘jalik obyektlari ham quriladi.
"Bu majmua xalqimizga, yoshlarimizga mulk bo‘lib qoladi. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat", - dedi prezident.
Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan, yerusti metrosi ostidagi bo‘sh yer maydonlarida yangi xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini tashkil etishga qaratilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Taqdimotda Samarqand turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ham axborot berildi.
Yangiliklar lentasi
0