Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTsentr islamskoy tsivilizatsii
Tsentr islamskoy tsivilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Islom tsivilizatsiyasi markazi - uch qavatli boʻlib, qadimiy obidalar shaklida barpo etilgan: bino markazida ulkan gumbaz, toʻrt tomonida simmetrik peshtoqlar qurilgan.
TOSHKENT, 8 apr - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilishi davom etayotgan Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Tsentr islamskoy tsivilizatsii.
Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr islamskoy tsivilizatsii.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2022
Shavkat Mirziyoyev posetil Tsentr islamskoy tsivilizatsii.
Prezident u yerdagi ishlarni koʻzdan kechirib, majmuani chiroyli va sifatli qilib qurish bilan birga mazmuniga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.
- Bugun, muborak Ramazon oyida, juma kunida bu yerga kelishimiz bejiz emas. Bunday ulugʻ ayyom kunlarida qilingan niyatlar amalga oshadi. Oxirgi yillarda ogʻir-ogʻir sinovlardan oʻtdik. Lekin bu yerda ish toʻxtagani yoʻq. Nima uchun buni qurayapmiz? Xalqimizning dunyoqarashini, gʻururini koʻtarish, qanday buyuk el ekanimizni ashyoviy dalillar bilan namoyon etish uchun, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari devorlardagi ravoqlarning bezak va yozuvlari namunalari bilan tanishdi. Darvozalar tepasiga tinchlik, ilm, odobga chorlovchi oyatlardan yozish maqsadga muvofiqligini aytdi.
Islom tsivilizatsiyasi markazi - uch qavatli boʻlib, qadimiy obidalar shaklida barpo etilgan: bino markazida ulkan gumbaz, toʻrt tomonida simmetrik peshtoqlar qurilgan. Bugungi kunda pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Birinchi qavatda muzey ombori, qadimiy qoʻlyozma va osori-atiqalarni saqlash hamda restavratsiya qilish xonalari, nashriyot va kitob doʻkonlari joylashadi.
Ikkinchi qavat majmuaning asosiy koʻrgazma maydoni boʻladi. Bu yerdagi Islom tarixi muzeyi 9 ta boʻlimdan tashkil topadi. Binoning markazida, 65 metr balandlikdagi gumbaz ostida Islom olamining durdonasi hisoblangan Usmon mushafi qoʻyiladi. Bu zal atrofida yana 8 ta – “Islomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo”, “Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi”, “Taʼlim”, “Ilm-fan”, “Meʼmorchilik va shaharsozlik”, “Sanʼat va badiiy hunarmandchilik”, “Anʼanalar” hamda “Uchinchi Renessans – Yangi Oʻzbekiston” boʻlimlari joylashadi. Shuningdek, bu qavatda 550 kishiga moʻljallangan konferentsiya zali boʻladi.
Uchinchi qavatda kutubxona, Islom akademiyasi ilmiy kafedralari va maʼmuriy xonalar joylashadi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 15 iyun kuni Ramazon hayiti kuni Islom tsivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi. Ushbu majmua "ham mahobati, ham mohiyati jihatidan ulkan loyiha", boʻlib uning qurilishi toʻrt yildan buyon davom etmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTsentr islamskoy tsivilizatsii
Tsentr islamskoy tsivilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2022
Tsentr islamskoy tsivilizatsii
Yangiliklar lentasi
0