Video

AQSH elchixonasi oldida biologik qurolga qarshi aktsiya boʻlib oʻtdi - Yerevan

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Viruslarga yoʻq!", "Biologik qurollarga yoʻq!", "Armaniston tajribalar maydoni emas, armanlar gvineya choʻchqalari emas!" degan shiorlar bilan chiqishdi namoyishchilar.
Armanistonning Yerevan shahridagi AQSH elchixonasi oldida biologik qurolga qarshi aktsiya boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Armaniston.
Xabarda aytilishia koʻra, ushbu aktsiya "Alyans" partiyasi yoshlar qanoti vakillari tomonidan tashkil qilingan. Namoyishchilar Armanistonda Vashington tomonidan moliyalashtirilayotgan labortatoriyalarda Ukrainada boʻlgani kabi xavfli viruslar bilan ish olib borilishi mumkinligidan xavotirda.
Yoshlarning talabi – xalqaro kuzatuvchilarning ularga tashrif buyurishiga, xalqaro monitoring oʻtkazishiga ruxsat berish. Ularda Ukraina laboratoriyalarida boʻlgani kabi xavfli patogenlar paydo boʻlmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, dedi "Alyans" partiyasining yoshlar dasturlari koordinatori Denis Pogosyan.
Namoyishchilar Amerika diplomatik missiyasiga oʻz talablari yozilgan maktub topshirdilar.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada 30 dan ortiq xavfli patogenlar bilan ish olib borgan biologik laboratoriyalar mavjudligini. Ularning barchasi toʻgʻridan-toʻgʻri Pentagon tomonidan moliyalashtirilgan. Laboratoriyalar, jumladan, turli viruslarni Rossiya hududiga qushlar yordamida tarqatish yoʻllarini ham oʻrgangan.
Yangiliklar lentasi
0