https://oz.sputniknews-uz.com/20220411/qoshrabotda-ilk-bor-toxtab-turgan-yurakda-ochiq-jarrohlik-amaliyoti-otkazildi-23908334.html
Qoʻshrabotda ilk bor toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Qoʻshrabotda ilk bor toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Tibbiy koʻrikda yurak operatsiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafar qoʻshrabotlik bemorning barchasi operatsiya qilinadi. 11.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-11T18:30+0500
2022-04-11T18:30+0500
2022-04-11T18:30+0500
jamiyat
samarqand viloyati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/138/35/1383564_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_556a053fc17f668e12fd65be9a002d6f.jpg
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Samarqand viloyatining olis hududi — Qoʻshrabot tumanida toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bunday operatsiya viloyatda ilk bor tuman miqyosida bajarildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali mutaxassislari boshchiligida bir hafta davomida tumanda tibbiy koʻriklar tashkil etilgan.Quvkalla mahallasida yashovchi Munisa Ahmedovaning qiziga ham yurak nuqsoni tashxisi qoʻyildi va bemor operatsiya qilindi.Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh shifokori Maqsud Saidovning maʼlum qilishicha, tibbiy koʻrikda yurak operatsiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafarga yaqin qoʻshrabotlik bemorning barchasi shu yerning oʻzida operatsiya qilinib, sogʻlomlashtiriladi.Tuman shifokorlarining viloyat markazida malaka oshirishi yoʻlga qoʻyiladi. Kelgusida bunday murakkab amaliyotlar mahalliy kardiojarrohlar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/138/35/1383564_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_b704d9b9be9d375be7396534b8fecff1.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
samarqand viloyati
Qoʻshrabotda ilk bor toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi
Tibbiy koʻrikda yurak operatsiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafar qoʻshrabotlik bemorning barchasi operatsiya qilinadi.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Samarqand viloyatining olis hududi — Qoʻshrabot tumanida toʻxtab turgan yurakda ochiq jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Bunday operatsiya viloyatda ilk bor tuman miqyosida bajarildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati
xabar bermoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali mutaxassislari boshchiligida bir hafta davomida tumanda tibbiy koʻriklar tashkil etilgan.
“1200 nafar aholi vakili skrining tekshiruvlaridan oʻtkazilib, ularning 300 nafarida turli yurak-qon tomir kasalliklari aniqlandi. 57 nafarida esa kardioxirurgik amaliyoti oʻtkazilishi rejalashtirildi. Xususan, tibbiy koʻrik vaqtida shoshilinch kardioxirurgik amaliyotga muhtoj 5 nafar fuqaro tanlab olinib, ularning 3 nafarida mazkur operatsiya muvafaqqiyatli bajarildi”, - deyiladi xabarda.
Quvkalla mahallasida yashovchi Munisa Ahmedovaning qiziga ham yurak nuqsoni tashxisi qoʻyildi va bemor operatsiya qilindi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bosh shifokori Maqsud Saidovning maʼlum qilishicha, tibbiy koʻrikda yurak operatsiyasiga muhtoj deb topilgan 60 nafarga yaqin qoʻshrabotlik bemorning barchasi shu yerning oʻzida operatsiya qilinib, sogʻlomlashtiriladi.
Tuman shifokorlarining viloyat markazida malaka oshirishi yoʻlga qoʻyiladi. Kelgusida bunday murakkab amaliyotlar mahalliy kardiojarrohlar tomonidan bajarilishi rejalashtirilgan.