Dunyoda

Sputnik Meedia rahbari Cherishevaga Estoniyani tark etish taqiqlandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishGlava Sputnik Estoniya Yelena Cherыsheva uchastvuyet v pikete u posolstva Estonii v Moskve. Arxivnoye foto
Glava Sputnik Estoniya Yelena Cherыsheva uchastvuyet v pikete u posolstva Estonii v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jurnalistning soʻzlariga koʻra, uning texnikasi, telefonlari va naqd pullarini musodara qilishgan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Sud Sputnik Meedia axborot portali bosh muharriri Yelena Cherishevaga Estoniyani tark etishni taqiqladi. Bu haqda jurnalistning oʻzi RIA Novostiga maʼlum qildi.
“16 soatlik tintuvdan soʻng mahbuslar uyiga (tergov izolyatori – tahr.) olib ketishdi. Keyin soʻroqqa olib borishdi, soʻngra sud boʻldi, prokuror ikki oyga hibsga olishni talab qildi. Ertasi kuni sudya qaror chiqardi – mamlakatdan chiqishga taqiq, uyni uch sutkadan ziyod vaqtga tark etish taqiqlangan”, - dedi Cherisheva.
Jurnalistning soʻzlariga koʻra, uning texnikasi, telefonlari va naqd pullarini musodara qilishgan.
Yelena Cherisheva 6 aprel kuni Estoniya maxsus xizmatlari tomonidan qoʻlga olingan edi. Jurnalist tinchlikka qarshi jinoyat sodir etganlikda, shuningdek, xalqaro sanktsiyalarni buzganlikda gumon qilingan.
Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova aytishiga koʻra, Estoniya hukumati vakillari qoʻrqitish taktikasidan “davlat terrori”ga oʻtgan. Yelena Cherisheva bir necha yillardan beri Estoniya hukumati tomonidan qattiq bosim ostida.
Eslatib oʻtamiz, mart oyining boshida Estoniyaning Sputnik Meedia nashri mahalliy bank va rasmiylarining bosimi va cheklovlari, shuningdek, xodimlariga tahdidlar tufayli oʻtkazilishiga duch kelgan va oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan edi.
Sputnik Meedia nashri Sputnik Estoniyaning sobiq xodimlari tomonidan tashkil qilingan boʻlib, toʻrt yillik faoliyatidan soʻng, 2020 yilda mahalliy hukumat va politsiya tahdidlari tufayli yopilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0