Jamiyat

“UzAirways” haqiqiy chiptani soxtasidan qanday farqlash mumkinligini tushuntirdi

© SputnikPassajir derjit posadochnыy talon v mejdunarodnom aeroportu "Zvartnots".
Passajir derjit posadochnыy talon v mejdunarodnom aeroportu Zvartnots. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Soʻnggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari koʻpaygan.
TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi soʻnggi kunlarda soxta chipta sotish holatlari koʻpayayotgani sababli yoʻlovchilarni ogohlantirdi.
Haqiqiy aviachiptada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
13 ta raqamdan iborat va 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;
aviachipta xarid qilgan agentlikning toʻliq manzili;
aviachiptaning narxi, agentlik yigʻimi miqdori va xarid qilingan aviachiptaning tarifi;
bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;
"Uzbekistan Airways" aviaqatnoviga chiqish va roʻyxatdan oʻtish vaqti tugashi haqida eslatma.
Bundan tashqari, kompaniya yoʻlovchilardan maʼlumotlarni doimo tekshirib koʻrishni va aviachiptalarni xarid qilishda hushyor boʻlishni soʻragan.
Yangiliklar lentasi
0