Jamiyat

Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishiga yetdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovaniye Navruza v Tashkente
Prazdnovaniye Navruza v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston aholisi 2022 yil boshidan buyon har oyda oʻrtacha 54,2 ming kishiga koʻpaygan.
TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. 2022 yilning 1 aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishini tashkil etmoqda. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining oʻsish surʼati 0,5 % ga oshgan. Mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda oʻrtacha 54,2 ming kishiga koʻpaygan.
2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 2022 yil 1 yanvar holatiga koʻra 35, mln kishini tashkil etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0