Iqtisod

Samara viloyati Oʻzbekistondan nima olib nima sotmoqda?

© Press-slujba pravitelstva Samarskoy oblastiSamara
Samara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Samara viloyati Rossiya hududlari orasida Oʻzbekistonga eng koʻp mahsulot eksport qilayotgan hududlardan biri hisoblanadi.
TOSHKENT, 12 apr - Sputnik. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Samara viloyati bilan savdo sotigʻi hajmi oshib bormoqda. Bu haqida seshanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan taqdimotida maʼlum boʻldi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Samara viloyati hukumati raisining oʻrinbosari Natalya Katina aytishiga koʻra, Oʻzbekiston anʼanaviy tarzda Samara viloyatining strategik muhim savdo-iqtisodiy hamkoridir.
“2020 yildagi inqiroz yilida Samara viloyatining aksariyat davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasining qisqarishi fonida Oʻzbekiston bilan tashqi savdo hajmi 19,7 %ga oshgan, jumladan sanoat mahsulotlari hisobidan ham”, - deydi Katina.
Samara viloyatidan Oʻzbekistonga sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar, oʻsimlik va hayvon yogʻi, sogʻlom qandolat mahsulotlari eksport qilinadi. 2020 yilda ushbu mahsulotlar eksporti 25,8%ga oʻsgan.
Oʻzbekistondan Samaraga esa – mevalar, quritilgan mevalar, yongʻoq, paxta tolali gazlamalar, koʻrpa-yostiq choyshablari, sochiqlar eksporti miqdori oshgan. Sanoat mahsulotlari orasida esa – avtomobillar, avtomobil va qishloq xoʻjalik texnikasi uchun ehtiyot qismlar, alyuminiy va undan yasalgan buyumlar, kimyo sanoati mahsulotlari eksporti hajmi oshmoqda.
Natalya Katina Oʻzbekistondan ekologik toza va foydali hoʻl, quritilgan va muzlatilgan mevalar shuningdek yengil sanoatning tayyor mahsulotlari eksporti hajmi oshishiga umid bildirdi.
Iqtisodiy missiya doirasida Rossiyaning taʼlim, sogʻliqni saqlash, agrosanoat kompleksi, qurilish va sanoat sohalaridagi 29 ta tashkilotdan 60 nafar rahbarlaridan iborat delegatsiyasi Namangan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida boʻlib, B2B formatida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Samara viloyati Rossiya hududlari orasida Oʻzbekistonga eng koʻp mahsulot eksport qilayotgan hududlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0