Yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi – tafsilotlar

© Pixabay / MontaplexDorojnie znaki
Dorojnie znaki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan boshlab amalga kiritiladi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Yo‘l harakati qoidalari tasdiqlandi. Hukumatnig tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan harakatlanishiga ruxsat beriladi. Turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish belgilab qo‘yildi.
Bunda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin. Yengil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek:
yuk avtomobillari, Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo‘lning faqat o‘ng qatnov qismidan harakatlanishi shart;
transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr yetmasdan yoki o‘tib to‘xtash taqiqlanadi;
sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda velosiped yo‘lkasi bo‘lmagan holda yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlar bo‘lgan ustki kiyimda bo‘lishi shart.
Yangi tahrirdagi yo‘l harakati qoidalari 2022-yil 1-maydan boshlab amalga kiritiladi.
Yo‘l harakati qoidalariga qanday o‘zgartirishlar kiritiladi: hukumat qarori
Yangiliklar lentasi
0