https://sputniknews-uz.com/20220414/ozbekiston-ikki-davlatdan-beda-urugini-olib-kirishni-vaqtincha-taqiqladi-23968272.html
Oʻzbekiston ikki davlatdan beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi
Oʻzbekiston ikki davlatdan beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi
Oʻzbekiston Afgʻoniston va Tojikiston beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu davlatlardan olib kelingan urugʻ tarkibida zarpechak begona oʻti aniqlangan.
2022-04-14T10:04+0500
2022-04-14T10:04+0500
2022-04-14T12:19+0500
jamiyat
“oʻzdavkarantin” inspektsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23968029_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_3c102f15e40f25c548c4978ff5230a78.jpg
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻoniston va Tojikistondan beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu davlatlardan olib kelingan urugʻ tarkibida zarpechak begona oʻti aniqlangan. Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar bermoqda.Samarqand viloyatidagi “Samarqand” TIF maskani orqali Afgʻonistondan import boʻlib kirib kelgan 24 tonna beda urugʻini OʻKCHM (Oʻsimliklar karantini chegara maskanlari) inspektorlari karantin koʻrigidan oʻtkazishgan. Urugʻdan namunalari ekspertiza uchun Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga yuborilgan.Shundan soʻng, 24 tonna beda urugʻi Afgʻonistonga qaytarib yuborilgan.Shunga oʻxshash vaziyat Fargʻona viloyatining “Qoʻqon” TIF maskanida kuzatilgan. Qoʻshni Tojikistondan kirib kelgan 77,95 tonna beda urugʻi zarpechak begona oʻti bilan zararlanganligi aniqlangan.Yuqoridagi ikkita holat yuzasidan har ikki davlatga eʼtiroznomalar joʻnatilgan va oʻsimlikning tarqalish xavfini oldini olish maqsadida Afgʻoniston va Tojikistondan beda urugʻini respublika hududiga olib kirishga vaqtinchalik taqiq oʻrnatilgan.Endi xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga olib kirilishi rejalashtirilayotgan beda urugʻi mahsulotlariga nisbatan qatʼiy nazorat ishlarini tashkil etiladi.Maʼlumot uchun, beda yer unumdorligini oshirish va ozuqa bazasini yaratishda asosiy ekin hisoblanadi. Uch yil davomida bir gektar maydonda 600-900 kg sof azot toʻplaydi. Bahorgi beda ekish uchun yer kuzda kamida 15-20 sm chuqurlikda yumshatiladi. Zarpechak qishloq xoʻjalik ekinlariga juda katta zarar keltiradi. Ular barcha oʻt-oʻsimliklar, daraxtlar, butasimonlarni zararlaydi. Beda, zigʻir, maxsar, lavlagi, sabzi, piyoz kabi oziq-ovqat va chorvabop ekinlar rivojiga toʻsqinlik qiladi.Zarpechak bilan zararlangan oʻsimliklar kasallik va zarurkunandalarga chidamsiz boʻlib qoladi. Bundan tashqari zarpechakning ayrim turlari oʻsimliklarda virusli kasalliklarni ham tarqatadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/0e/23968029_261:0:2992:2048_1920x0_80_0_0_b086642c0fea3d0ccc840c01b173cf93.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
“oʻzdavkarantin” inspektsiyasi
Oʻzbekiston ikki davlatdan beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi
10:04 14.04.2022 (yangilandi: 12:19 14.04.2022) Zarpechak bilan kuchli zararlangan beda urugʻlari har ikki davlatga qaytarilgan va ularga eʼtiroznomalar joʻnatilgan.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻoniston va Tojikistondan beda urugʻini olib kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu davlatlardan olib kelingan urugʻ tarkibida zarpechak begona oʻti aniqlangan. Bu haqda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
xabar bermoqda. Samarqand viloyatidagi “Samarqand” TIF maskani orqali Afgʻonistondan import boʻlib kirib kelgan 24 tonna beda urugʻini OʻKCHM (Oʻsimliklar karantini chegara maskanlari) inspektorlari karantin koʻrigidan oʻtkazishgan. Urugʻdan namunalari ekspertiza uchun Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga yuborilgan.
"Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Markaziy fitosanitariya laboratoriyasining xulosasiga koʻra, beda urugʻi karantin obʼyekti hisoblangan zarpechak bilan kuchli zararlanganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.
Shundan soʻng, 24 tonna beda urugʻi Afgʻonistonga qaytarib yuborilgan.
Shunga oʻxshash vaziyat Fargʻona viloyatining “Qoʻqon” TIF maskanida kuzatilgan. Qoʻshni Tojikistondan kirib kelgan 77,95 tonna beda urugʻi zarpechak begona oʻti bilan zararlanganligi aniqlangan.
Yuqoridagi ikkita holat yuzasidan har ikki davlatga eʼtiroznomalar joʻnatilgan va oʻsimlikning tarqalish xavfini oldini olish maqsadida Afgʻoniston va Tojikistondan beda urugʻini respublika hududiga olib kirishga vaqtinchalik taqiq oʻrnatilgan.
Endi xorijiy davlatlardan Oʻzbekistonga olib kirilishi rejalashtirilayotgan beda urugʻi mahsulotlariga nisbatan qatʼiy nazorat ishlarini tashkil etiladi.
Maʼlumot uchun, beda yer unumdorligini oshirish va ozuqa bazasini yaratishda asosiy ekin hisoblanadi. Uch yil davomida bir gektar maydonda 600-900 kg sof azot toʻplaydi. Bahorgi beda ekish uchun yer kuzda kamida 15-20 sm chuqurlikda
yumshatiladi. Zarpechak qishloq xoʻjalik ekinlariga juda katta zarar keltiradi. Ular barcha oʻt-oʻsimliklar, daraxtlar, butasimonlarni zararlaydi. Beda, zigʻir, maxsar, lavlagi, sabzi, piyoz kabi oziq-ovqat va chorvabop ekinlar rivojiga toʻsqinlik qiladi.
Zarpechak bilan zararlangan oʻsimliklar kasallik va zarurkunandalarga chidamsiz boʻlib qoladi. Bundan tashqari zarpechakning ayrim turlari oʻsimliklarda virusli kasalliklarni ham
tarqatadi.