https://sputniknews-uz.com/20220414/oztransgaz-gazprombankdan-qoshimcha-qarz-olmoqda-23975703.html
Oʻztransgaz Gazprombankdan qoʻshimcha qarz olmoqda
Oʻztransgaz Gazprombankdan qoʻshimcha qarz olmoqda
“Oʻztransgaz” “Gazprombank”dan 57,5 mln dollar “Oʻzmilliybank”dan esa 200 mln dollar qoʻshimcha kredit oladi. 14.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-14T14:35+0500
2022-04-14T14:35+0500
2022-04-14T14:35+0500
iqtisod
“oʻztransgaz”
kredit
rossiya
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/04/22535086_0:47:3076:1777_1920x0_80_0_0_ac923de0cc1838428a334c48863983be.jpg
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. “Oʻztransgaz” AJ va “Gazprombank” AJ oʻrtasida 57,5 mln dollarga teng kredit shartnomasi imzolanadi. Bu haqda Moliya vazirligining Yagona korporativ axborot portali maʼlum qildi. Ajratilgan mablagʻlar joriy majburiyatlarni qayta moliyalashtirishga sarflanadi. Bundan tashqari, “Oʻztransgaz” 2 yilga “Oʻzmilliybank”dan 200 mln dollar ekvivalentida kredit oladi. Mablagʻ Oʻztransgazning aylanma mablagʻlarini toʻldirish, xom ashyo va asbob-uskunalar sotib olish hamda dastur doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.Xabarda qayd etilishicha, Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kredit mablagʻlarini olish va kredit boʻyicha foiz hamda komissiyalarni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda qaytarishni yoʻlga qoʻyish maqullandi.“Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, Gazprombank koʻp yillar davomida Oʻzbekistondagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Oʻtgan yili Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “Oʻztransgaz” hamda Gazprombank oʻrtasida 300 mln dollarlik qisqa muddatli bridj-moliyalashtirish yuzasidan kelishuv imzolangan. Mazkur mablagʻlar 545 km uzunlikdagi gaz quvurlarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish hamda “Gazli” kompressor stantsiyasini kapital taʼmirlash uchun olingan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/02/04/22535086_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_800a3f8478748b6e33bcbea88693ae2e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
“oʻztransgaz” , kredit, rossiya
Oʻztransgaz Gazprombankdan qoʻshimcha qarz olmoqda
“Oʻztransgaz” “Gazprombank”dan 57,5 mln dollar “Oʻzmilliybank”dan esa 200 mln dollar qoʻshimcha kredit oladi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. “Oʻztransgaz” AJ va “Gazprombank” AJ oʻrtasida 57,5 mln dollarga teng kredit shartnomasi imzolanadi. Bu haqda Moliya vazirligining Yagona korporativ axborot
portali maʼlum qildi.
Ajratilgan mablagʻlar joriy majburiyatlarni qayta moliyalashtirishga sarflanadi.
“Oʻztransgaz” AJ oʻtgan yili Rossiyaning “Gazprombank” tomonidan ajratilgan 300 million dollar miqdoridagi kredit muddatini uzaytirmoqda. Shu bilan birga, joriy majburiyatlarni qayta moliyalashtirish maqsadida 2 yil muddatga 57,5 mln dollar qoʻshimcha qarz jalb etadi.
Bundan tashqari, “Oʻztransgaz” 2 yilga “Oʻzmilliybank”dan 200 mln dollar ekvivalentida kredit oladi. Mablagʻ Oʻztransgazning aylanma mablagʻlarini toʻldirish, xom ashyo va asbob-uskunalar sotib olish hamda dastur doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Xabarda qayd etilishicha, Aktsiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida kredit mablagʻlarini olish va kredit boʻyicha foiz hamda komissiyalarni oʻz vaqtida oʻrnatilgan tartibda qaytarishni yoʻlga qoʻyish maqullandi.
“Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga xabar berishicha, Gazprombank koʻp yillar davomida Oʻzbekistondagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Oʻtgan yili Sankt-Peterburgda oʻtkazilgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “Oʻztransgaz” hamda Gazprombank oʻrtasida 300 mln dollarlik qisqa muddatli bridj-moliyalashtirish yuzasidan kelishuv imzolangan. Mazkur mablagʻlar 545 km uzunlikdagi gaz quvurlarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish hamda “Gazli” kompressor stantsiyasini kapital taʼmirlash uchun olingan.