https://oz.sputniknews-uz.com/20220414/rossiya-mudofaa-vazirligi-agar-ukraina-qoporuvchilikni-davom-ettirsa-kievga-zarba-beriladi-23968716.html
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qoʻporuvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qoʻporuvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari tomonidan Rossiyadagi obʼyektlarga qoʻporuvchilikka urinish davom ettirilgan taqdirda, Kiyevga zarba berish bilan tahdid... 14.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-14T10:34+0500
2022-04-14T10:34+0500
2022-04-14T10:34+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/03/23747697_0:0:3267:1839_1920x0_80_0_0_73198670cb04894e53433e1ae089f014.jpg
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Agar Rossiya hududida qoʻporuvchilikka boʻlgan urinishlar davom ettirilsa, Rossiya Ukrainaning qaror qabul qiluvchi markazlariga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov maʼlum qildi.Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlangandan buyon ukrainalik jangarilar bir necha marta Rossiyaning chegaradosh viloyatlarida qoʻporuvchilik uyushtirishdi. 29 mart kuni ular Belgorod viloyatiga “Tochka-U” raketalari bilan zarba berishdi. Buning oqibatida yongʻin yuzaga kelib, sakkiz kishi jarohatlandi. 1 aprel kuni Ukrainaning ikkita vertolyoti Rossiya hududiga bostirib kirib, Belgoroddagi neft bazasini oʻqqa tutdi. Bundan tashqari, Belgorod viloyatida temir yoʻllariga zarar yetkazildi.Rossiyaning Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida, Voronej viloyati va Krasnodar oʻlkasining ayrim tumanlarida hamda Qrim shimolida terrorchilik xavfining sariq darajasi joriy qilingan.Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/04/03/23747697_305:0:3036:2048_1920x0_80_0_0_5b503cf0a3706e96e6ef89568369bc8c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, ukraina
Rossiya Mudofaa vazirligi: agar Ukraina qoʻporuvchilikni davom ettirsa, Kiyevga zarba beriladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari tomonidan Rossiyadagi obʼyektlarga qoʻporuvchilikka urinish davom ettirilgan taqdirda, Kiyevga zarba berish bilan tahdid qildi.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Agar Rossiya hududida qoʻporuvchilikka boʻlgan urinishlar davom ettirilsa, Rossiya Ukrainaning qaror qabul qiluvchi markazlariga zarba beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov
maʼlum qildi. "Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududida joylashgan obʼyektlarga zarba berilishi va qoʻporuvchilikka boʻlgan urinishlari koʻryapmiz. Agar shunday holatlar davom etsa, Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bu borada qaror qabul qilinadigan markazlar, xususan, Kiyevga ham zarbalar beriladi. Rossiya armiyasi hozirgacha bu ishdan tiyilib kelgandi”, - dedi Konashenkov.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlangandan buyon ukrainalik jangarilar bir necha marta Rossiyaning chegaradosh viloyatlarida qoʻporuvchilik uyushtirishdi. 29 mart kuni ular Belgorod viloyatiga “Tochka-U” raketalari bilan zarba berishdi. Buning oqibatida yongʻin yuzaga kelib, sakkiz kishi jarohatlandi. 1 aprel kuni Ukrainaning ikkita vertolyoti Rossiya hududiga bostirib kirib, Belgoroddagi neft bazasini oʻqqa tutdi. Bundan tashqari, Belgorod viloyatida temir yoʻllariga zarar yetkazildi.
Rossiyaning Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida, Voronej viloyati va Krasnodar oʻlkasining ayrim tumanlarida hamda Qrim shimolida terrorchilik xavfining sariq darajasi joriy qilingan.
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.