Kolumnistlar

Rusofobiya halok qiladi. Rossiya qamali nimalarga olib keladi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyaga qarshi koʻrilayotgan choralar Ukraina tufayli emas. Gʻarb boshidan Rossiyani magʻlub etishni maqsad qilgan. Buning uchun moliyaviy, savdo, transport va gumanitar blokada uslublarini ishlab chiqqan.
Rossiyani magʻlub etishning iloji yoʻq, ammo magʻlubiyatimizga erishishning yagona yoʻli bor. Iqtisodiy boʻgʻish tashqi tomondan shunday kuchga kirganki, u iqtisodiyotning qulashiga, sarosimaga va hokimiyatning oʻzgarishiga, yaʼni kapitulyatsiyaga olib keldi. Gʻarbda bu uchun pul tikishayotganini endi yashirishmayapti, lekin biz hamma narsani oʻz nomi bilan ataymiz. Gap Ukrainadagi janglarni toʻxtatishga qaratilgan sanktsiyalar haqida emas. Bizga qarshi koʻrilayotgan choralarni aslida shunday boʻlishi kerak boʻlgan tadbir, yaʼni– mamlakatimizni magʻlub etishga qaratilgan blokada deb ataymiz.
Chorshanba kuni Federatsiya Kengashida soʻzga chiqqan Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Andrey Belousov shunday dedi: “Bizning geosiyosiy raqiblarimizning gʻoyasi Rossiyani jahon iqtisodiyotidan imkon qadar ajratib qoʻyishdir. Undan tom maʼnoda jahon iqtisodiy aloqalaridan tortib olish. Shunday qilib iqtisodiy tizimimizning tanazzul va parchalanish jarayonlarini boshlash. Sxematik ravishda toʻrtta halqadan iborat boʻlgan Rossiyaning global blokadasini tashkil etishga harakat qilishdi”.
Belousov ushbu toʻrtta halqani – moliyaviy, savdo, transport va gumanitar tomonlardan boʻgʻish deya tavsifladi.
“Moliya bozorlariga kirishni toʻsib qoʻyish va moliyaviy hisob-qitoblarni toʻxtatish, Rossiyaning muhim tizimli banklarini qonundan tashqariga chiqarish, tashqi savdo aloqalarini uzish, eksport salohiyatini maksimal zaiflashtirish, Rossiyani muhim tovarlar va xizmatlar importi manbalaridan uzish, eng muhim transport kommunikatsiyalarini toʻsib qoʻyish, odamlar oʻrtasida aloqalarni uzish, ilmiy, madaniy va maʼrifiy sohalardagi munosabatlarni butunlay toʻxtatish”.
Hammasi shunday. Biroq, Gʻarb eng muhimini hisobga olmayapti. U dunyo oʻzgarganini va endi anglo-sakson globalistlari tomonidan nazorat qilinmayotganini unutib qoʻygan. “Butunlay blokadani yaratish- dunyoning oltinchi eng yirik iqtisodiyotini global iqtisodiy tizimdan yakkalab qoʻyish- mumkin emas”,- deydi vitse-premyer. Va soʻnggi bir yarim oy davomida boʻlib oʻtgan voqealar buni tasdiqlashini taʼkidlab oʻtdi.
Darhaqiqat, Vladimir Putin seshanba kuni aytganidek: “Bizning yaxshi niyatda boʻlmagan doʻstlarimiz umid qilgan blitskrig sodir boʻlmadi”, iqtisodiyot bardosh qildi:
“Bugungi dunyo Sovuq urush davriga qaraganda murakkabroq. Sovuq urushda ikkita blok boʻlgan va hamma narsa “kokom” roʻyxati bilan qoplangan. Bugun dunyo esa murakkabroq va mana shu murakkab dunyoda bitta mamlakat oʻz hukmronligini toʻliq saqlab qololmaydi <...> Hech kim hamma oynalar va eshiklarni berkitib qoʻya olmaydi. Zamonaviy dunyoda hech kimni qatʼiy izolyatsiya qilish mumkin emas. Rossiyadek yirik mamlakatni esa umuman. Shuning uchun biz oʻzaro hamkorlikni qilishni istagan sheriklarimiz bilan ishlaymiz”.
Blokada maksimal toʻliq boʻlganda, mamlakatlarni koʻpgina savdo sheriklaridan ajratib qoʻysagina mantiqli boʻladi. Yaqin tarixda Iroqqa nisbatan 90- yillarda eng qattiq blokada va unga qarshi BMT, yaʼni umumjahon sanktsiyalari qoʻllanilgan. Xuddi shunday ishlar Shimoliy Koreyada ham boʻlgan. Ammo ikki holatda ham mamlakatlar sanktsiyalarni chetlash yoʻllarini topdi. Iroq, garchi odatiy turmush darajasida koʻp narsani yoʻqotgan boʻlsada, qulamadi, unda hatto hokimiyat almashinuvi ham sodir boʻlmadi- bu uchun 2003 yilda Amerikaning mutlaqo noqonuniy aralashuvi kerak boʻldi. Shimoliy Koreya uzoq vaqtdan beri yopiq va deyarli (juda kamtarona boʻlsa ham) toʻliq oʻzini oʻzi taʼminlaydigan mamlakat boʻlgan. Ammo soʻnggi yillarda uni yashirincha va unchalik yaxshi boʻlmasada, Xitoy qoʻllab-quvvatlayapti.
Rossiyaga kelsak, gap umumjahon emas, balki Gʻarb haqida, shunda ham unchalik toʻliq, umumiy boʻlmagan sanktsiyalari haqida ketmoqda. Toʻgʻri, Gʻarb bizning valyuta aktivlarimizning uchdan ikki qismini bloklagan, biroq Yevropa Rossiya energotaʼminotidan ham voz kecha olmaydi. Yaʼni maksimum birlashgan Gʻarb bizni yuqori texnologiyalardan uzib qoʻya qolishi (ularni eksport qilishni taqiqlash), transport kompaniyalari va ularning sugʻurtalovchilariga sanktsiyalar bilan tahdid qilish orqali dunyoning qolgan qismi bilan tashqi savdoni murakkablashtirishga urinishi mumkin. Qolgan hammasi- tagi puch dahmazalar xolos.
Rossiya nefti, koʻmir va gazini sotib olishdan voz kechishsa, uni boshqa mamlakatlar sotib oladi. Boshqa asosiy eksport tovarlarimiz bilan ham xuddi shunday. Toʻgʻri, bu vaqtinchalik byudjet daromadlarida yoʻqotishlarga olib keladi (qisman energiya tashuvchilar narxi oshishi bilan qoplanadi), ammo mamlakat rivojlanishini aslo toʻxtata olmaydi.
Dunyoning qolgan qismini Rossiya blokadasiga qoʻshilishga ishontirish hech qanday natija bermadi. Bunga hamma bir yarim oy ichida ishonch hosil qilishi mumkin boʻldi. Qolaversa, Gʻarb bu blokadani qanchalik uzoq davom ettirishga harakat qilsa, unga boshqalarni qoʻshilishga majbur qilish shuncha murakkablashib boradi.
Shu maʼnoda, yaqinda BMT Bosh Assambleyasida Inson huquqlari boʻyicha kengash tarkibidan Rossiya Federatsiyasini chiqarib tashlash boʻyicha ovoz berish voqealari. Jarayon 7 aprel kuni boʻlib oʻtdi, natijada mamlakatimizning kengashdagi ishi toʻxtatildi va oʻsha kuni Rossiyaning oʻzi vakolatlarini muddatidan oldin tugatganini eʼlon qildi. Ammo bu yerda boshqa narsa muhim: kim va qanday ovoz bergani. Ayniqsa, bir oy oldin, 2 mart kuni oʻsha Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan “Ukrainaga qarshi tajovuz” aksilrossiya rezolyutsiyasi bilan taqqoslaganda. Va 2 mart va 7 aprel arafasida Gʻarb uchinchi dunyo davlatlarining qoʻllarini qayirishdi (va nafaqat ularga: balki Serbiyaga ham keyinroq uning prezidenti Vuchich aytganidek, qattiq bosim oʻtkazdi).
2 martdagi birinchi rezolyutsiya oxir-oqibat 141 davlatning ovozi bilan qabul qilindi, faqat beshta mamlakat, shu jumladan, Rossiya qarshi ovoz bergan. 35 nafari betaraf, 12 nafari qatnashmadi. Yaʼni jami 51 davlat mustaqilligini namoyon etdi va Gʻarb bosimiga dosh bera oldi. Albatta, ular orasida Xitoy va Hindiston kabi asosiy davlatlar bor, ammo baribir aniq koʻrinib turgan ozchilik. Garchi, Rossiyani qoralash uchun ovoz bergan 141 davlatning hammasi ham bizga qarshi sanktsiyalarga qoʻshilishga tayyor emasligini tushunish kerak boʻlsa-da, rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlashga majbur boʻlgan Serbiyani aytmasa ham, Turkiya, Meksika, Braziliya va Argentinani aytib oʻtishning oʻzi kifoya. Ammo, shunga qaramay, umumiy raqamlar aniq bizning foydamizga emas edi.
7 aprel kuni sodir boʻlganlari: 93 ta davlat Inson huquqlarini boʻyicha kengashdagi ishtirokimizni toʻxtatib turishni yoqlab ovoz berdi, 24 tasi qarshi, 58 tasi esa betaraf (yoki qatnashmadi). Yaʼni, taqsimlanish oʻzgarib bormoqda, qolaversa mitti yoki ahamiyatsiz davlatlar hisobiga emas. Rossiya bilan birgalikda nafaqat sobiq Sovet Ittifoqining ayrim respublikalari, balki, Eron, Jazoir, Efiopiya, Vyetnam, Boliviya, Kongo ham ovoz berdi. Xitoy ham, bu safar befarq oʻtib ketolmadi. Betaraf qolganlar (bu vaziyatda ular Gʻarbni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgandek tushuniladi) tarkibi yanada qiziqroq - bular Lotin Amerikasining asosiy davlatlari (Braziliya va Meksika), Hindiston va, eng muhimi, deyarli butun islom dunyosi (Misr, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Indoneziya, Malayziya, Qatar va boshqalar). Boshqacha qilib aytganda, rasmiy muvozanat bizning foydamizga boʻlmasa-da: 93 qarshi 82 (shu jumladan betaraf). Lekin mamlakatlarning mavqesiga eʼtibor berilsa, Gʻarbiy blok tarafida, Afrika va Lotin Amerikasining asosan, kichik davlatlari va deyarli butun Okeaniya borligi ayon boʻladi. Va Osiyo mamlakatlari unda deyarli yoʻq va Rossiyaga qarshi ovoz bergan Turkiya hech qanday blokadada qatnashmoqchi emas.
Yaʼni, dunyo bizning koʻz oʻngimizda oʻzgarmoqda, anglo-sakslar esa Rossiyani izolyatsiya qilish imkoniyati borligiga ishonishda davom etmoqda. Va qabul qilingan sanktsiyalar (ayniqsa, aktivlarimiz muzlatilishi) Gʻarbning oʻziga jiddiy va tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazganiga qaramay, nihoyat, jamgʻarish va hisob-kitob vositasi sifatida Gʻarb valyutalariga boʻlgan ishonchni susaytirdi. Toʻgʻri, ulardan xalos boʻlish jarayoni tezda boʻlmaydi, lekin endi bu Gʻarbga tegishli boʻlmagan barcha kuchlar va mintaqaviy birlashmalar uchun mutlaqo majburiydir.
Darvoqe, Rossiyani yakkalashga harakatlar boʻlgan, yaʼni bu bir asrdan koʻproq vaqt oldin, 1919 yil oktyabr oyida edi. Oʻshanda hokimiyati Gʻarbning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan (va AQSH orbitasida boʻlgan Lotin Amerikasi va Xitoy va Yaponiyadan tashqari Gʻarbiy boʻlmaganlar deyarli yoʻq edi) Antanta Sovet Rossiyasining toʻliq blokadasini kiritdi. Oʻsha blokada umumiy hisoblangan, qolaversa, Rossiyadagi vaziyat juda ogʻirlashgan, chunki fuqarolar urushi boʻlganligi sababli bolsheviklar mamlakatning koʻp qismini nazorat qilolmay qolgandi. Xoʻsh, u ishladimi? Yoʻq, bolsheviklar oʻshanda poytaxtlarga tahdid solayotgan Yudenich va Denikin qoʻshinlarini magʻlub etdi. Yevropa xalqi Rossiyadan yetkazib berish toʻxtatilishi va eksportning qisqarishi, ishsizlik sabab narxlar koʻtarilishidan norozi edi. Toʻgʻri, Germaniya blokadaga qoʻshilmadi. Shunday qilib, uch oydan keyin Antanta blokadasi ishlamaydigan deb tan olindi va bir yil oʻtgach, Angliya bilan savdo shartnomasi tuzildi. Va bir necha yil oʻtgach, Gʻarb bilan savdo allaqachon avj olgan, shundan keyingina u bizga oʻz shartlarini qoʻyishi mumkin edi.
Rossiya oʻshanda bardosh bergan, endi bunisida undan ham koʻproq turadi. Chunki mamlakatning pozitsiyasi ham, dunyodagi vaziyat ham yuz yil avvalgisidan tubdan farq qiladi. Va shunchaki bardosh berib qolmaydi ham: Gʻarb Rossiyani “boʻgʻish” harakatlarini qancha davom etsa, uning dunyodagi oʻz pozitsiyalariga shunchalik koʻp zarar yetkazadi. Shu bilan birga, Gʻarb uzoq vaqt oʻynay olmaydi - yaʼni blokadani (faqat gʻarbiy tomondan hatto qisqartirilgan boʻlsa ham,) bir necha yil davomida geosiyosiy jihatdan ham, iqtisodiy tomondan ham ushlab turolmaydi. Tez oʻzgaruvchan (va uning foydasiga boʻlmagan) global moslashuvlar bilan birgalikda ichki muammolar atlantikachilarga vaqt qoldirmaydi.
Agar oʻquvchi oʻz atrofidagi dunyoni qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilishni istamasa, “Rossiyani boʻgʻish” oldingi urinishlarning tarixiy tajribasi ham ularga hech narsani oʻrgatmaydi. Ha qolaversa, rusofobiya oxir-oqibat oʻldiradi - iqtisodiy jihatdan ham.
Yangiliklar lentasi
0