Jamiyat

“UzAirways” Ramazon hayiti munosabati bilan chiptalarni 50 foizga arzon qiladi

© SputnikV Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy pervыy pryamoy reys iz SSHA
V Tashkente prizemlilsya Boeing, sovershivshiy pervыy pryamoy reys iz SSHA  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2-4 may kunlari mahalliy reyslar uchun chiptalarni 50 foiz chegirma bilan sotib olish mumkin.
TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan chegirma eʼlon qiladi. Bu haqda aviakompaniya xabar bermoqda.
2 maydan 4 maygacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlar uchun chiptalarni 50 foizlik chegirma bilan xarid qilish mumkin.
Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, "Uzbekistan Airways Sales" filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkinligi eslatilgan.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya Navroʻz bayrami munosabati bilan ham mahalliy reyslar uchun 50 foizlik chegirmalar eʼlon qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0