https://oz.sputniknews-uz.com/20220415/jismoniy-shaxslar-ham-bankrot-deb-topilishi-mumkin-23994657.html
Jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
Jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
Sud qaror chiqarmagunga qadar undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi 15.04.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-04-15T10:48+0500
2022-04-15T10:48+0500
2022-04-15T10:48+0500
iqtisod
sud
qarz
bankrot
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/1c/21974602_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_c9fd4519776252c39f02126d14f3cafd.jpg
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Endilikda fuqaro oʻz qarzini vaqtida toʻlay olmasa uning oʻzi yoki kreditor sudga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunda qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatiladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar bermoqda. Prezident “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi (OʻRQ–763-son, 12.04.2022 y.). Ushbu Qonun bilan jismoniy shaxslarni ham bankrot deb topishmumkinligi belgilandi. Ilgari qonunchilikda bunday tartib-taomillar boʻlmagan. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud koʻrib chiqadi.Toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:Bunday alomatlar aniqlansa davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi.Ish koʻzgʻatmoqchi boʻlgan taraf sud ishi uchun oldindan pul toʻlaydiFuqaroga nisbatan ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bergan arizachi moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan pul mablagʻlari oʻtkazadi.Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi.Bunda ham huddi shu miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi.Qarzdorga davlat tomonidan yordam koʻrsatiladiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.Qarzdorni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish 12 oydan 24 oygacha muddatga joriy etiladi. Sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.Ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatda sud majlisida koʻrib chiqilishi kerak. Bu ish alohida hollarda 1 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatlari darhol ijro etilishi lozim.Sudning qarori chiqmagunga qadar (jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib taomilini boshlash toʻgʻrisidagi) undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.Fuqaroning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.Ushbu Qonun kuchga kirishi bilan 1994 yil 5 maydagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/1c/21974602_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8fdaeda404159533be93e74e8660780e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sud, qarz, bankrot
Jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin
Sud qaror chiqarmagunga qadar undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Endilikda fuqaro oʻz qarzini vaqtida toʻlay olmasa uning oʻzi yoki kreditor sudga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunda qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatiladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali
xabar bermoqda.
Prezident “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi (OʻRQ–763-son, 12.04.2022 y.). Ushbu Qonun bilan jismoniy shaxslarni ham bankrot deb topishmumkinligi belgilandi. Ilgari qonunchilikda bunday tartib-taomillar boʻlmagan. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni sud koʻrib chiqadi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari quyidagilardan iborat:
vaqtincha toʻlovga qobiliyatsizlik – majburiyatni 3 oyda bajara olmaslik
(shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa 6 oy ichida bajarolmaslik);
doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik – sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketishi.
Bunday alomatlar aniqlansa davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari vakolatli davlat organiga ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi.
Ish koʻzgʻatmoqchi boʻlgan taraf sud ishi uchun oldindan pul toʻlaydi
Fuqaroga nisbatan ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bergan arizachi moliyaviy boshqaruvchiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan pul mablagʻlari oʻtkazadi.
Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi.
Bunda ham huddi shu miqdorda oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi.
Qarzdorga davlat tomonidan yordam koʻrsatiladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.
Qarzdorni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish 12 oydan 24 oygacha muddatga joriy etiladi. Sudgacha sanatsiya qilish tartib-taomili uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
Ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran 2 oydan ortiq boʻlmagan muddatda sud majlisida koʻrib chiqilishi kerak. Bu ish alohida hollarda 1 oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatlari darhol ijro etilishi lozim.
Sudning qarori chiqmagunga qadar (jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib taomilini boshlash toʻgʻrisidagi) undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqaroning mulkiy holati yaxshilangan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Ushbu Qonun kuchga kirishi bilan 1994 yil 5 maydagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotadi.