Iqtisod

Prezident suv taʼminoti muammolarini hal qilish choralarini belgilab berdi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Fotobankka oʻtishMagistralnыy orositelnыy kanal v Krasnodarskom kraye
Magistralnыy orositelnыy kanal v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistoda suv taʼminoti muammolarini hal qilish maqsadida yil oxiriga qadar 400 mlrd. soʻm mablagʻ ajratiladi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 15 boʻlib oʻtayotgan majlisda sugʻoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlash muammosiga eʼtibor qaratildi.
Aholi tomorqalarida eng katta muammo – suv taʼminoti boʻlayotgani qayd etildi.
"Misol uchun, Qashqadaryodagi 65 ming gektar tomorqadan 24 ming gektarida suv muammo. Buning sababi – tuman hokimlari suv tarmoqlarini tiklash, quduqlar qazish, ariq va zovurlarni tozalash ishlarini vaqtida lozim darajada bajarmagan”, - dedi davlat rahbari.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
ekin turlari joylashuvidan kelib chiqib, aholi tomorqalarini sugʻorish uchun 4 milliard kub metr suvni taqsimlash;
har bir mahalla kesimida ariq ochish, tozalash, tarmoqlarni tiklash boʻyicha grafikni tasdiqlab, ishlarni boshlash topshirildi.
Bu ishlar uchun respublika byudjetidan 50 milliard soʻm, mahalliy byudjetlardan yana 50 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Shu bilan birga, Qoʻshrabot, Nurobod, Konimex, Peshku, Chiroqchi, Jarqoʻrgʻon, Boysun, Ohangaron, Gʻallaorol, Fargʻona kabi tumanlarida suv taʼminoti ogʻir mahallalarda quduq qazish va nasos oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga byudjetdan 50 milliard soʻm ajratiladi.
Prezident suv tanqisligining oqibatlarini yumshatish boʻyicha bir hafta muddatda alohida dastur qabul qilinishini maʼlum qildi.
Suv xoʻjaligi vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 1 oktyabrga qadar:
4,5 ming kilometr sugʻorish tarmoqlarini tozalash va 231 kilometrini betonlash;
3 mingta gidrotexnik inshootni taʼmirlash;
3,5 mingta nasos oʻrnatish, 490 kilometr nasos quvurlarini taʼmirlash va 281 ta quduq qazishni taʼminlash topshirildi.
Ushbu maqsadlar uchun 300 milliard soʻm mablagʻ bosqichma-bosqich ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0