Kolumnistlar

Rossiyaga qarshi provokatsiyalarning ortida kim turibdi?

© REUTERS / Marko DjuricaPrezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy v Buche pod Kiyevom
Prezident Ukrainы Vladimir Zelenskiy v Buche pod Kiyevom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarb siyosatchi va harbiylari izchil strategiyaga ega - agar qandaydir texnika yoki igʻvo yaxshi natija bersa, ularni yana qoʻllanilishiga shubha qilmaslik kerak.
“Gʻarb Rossiya armiyasini kimyoviy quroldan foydalangan deya ayblab Ukrainada provokatsiya tayyorlamoqda”, - deydi Federal kengash raisi oʻrinbosari Konstantin Kosachev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida. Uning taʼkidlashicha, diversiya NATOga Moskvani yevropaliklar va amerikaliklar nazarida qoralash, bundan ham qattiqroq sanktsiyalarni qoʻllash uchun kerak. Tahdid anchayin haqqoniy, chunki Bryussel va Vashingtonning bunday “sahnalashtirish” tashkillashtirish boʻyicha katta tajribasi bor.

"Qizil chiziq"

AQSH prezidenti Jo Bayden mart oyi oxirida “agar Rossiya kimyoviy qurol ishlatsa” Ukrainadagi qurolli mojaroga NATOning bevosita aralashishi mumkinlikini taʼkidladi. AQSH prezidentiga Germaniya kantsleri Olaf Sholts va Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg ham kimyoviy xatarli qurollardan foydalanish “qizil chiziq” ekanligi va u qoʻllansa, Gʻarbdan “qattiq va munosib javob” kutishi kerakligini aytib joʻr boʻldi.
Albatta, ular Ukrainaga askar yuborishni vaʼda bermadi, chunki Moskva bilan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuv yadro urushiga aylanib ketishini bilishadi. Biroq, “kimyoviy qurollar sahnalashtirish” Vashington va Bryusselga sanktsiyalar, siyosiy va iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish uchun kerak.
“Gʻarb mamlakatlarida kundan-kunga ichki bosim kuchayib bormoqda, - deydi Konstantin Kosachev, ularning oʻzlariga taʼsir qiladigan sanktsiyalarni qabul qilish kerak, tsugtsvang vaziyati yuzaga kelyapti. - Asosiy mahsulotlar va benzin narxining koʻtarilayotgani va bu davom etayotganini oqlash uchun aholiga mutlaqo dahshatli narsani koʻrsatishga toʻgʻri kelyapti. Bu fonda hatto ommaviy qirgʻin qurollari ham kirib kelishi mumkin. Gʻarb siyosatchilarining jangovar kimyoviy zaharli moddalar haqidagi gaplari alohida tashvish uygʻotadi”.
Amerikaliklar va ularning ittifoqchilari uchun kimyoviy va bakteriologik “xarita” - eng sevimli casus belli. Davlat kotibi Kolin Pauell 2003 yil fevral oyida BMTda nutq soʻzlaganida “sibir yarasi batsillalari” boʻlgan probirkani namoyish etdi, shundan soʻng AQSH Iroqqa bostirib kirdi. Natijada u yerda ommaviy qirgʻin qurollari topilmadi. Ammo, BMT provokatsiyasi Bagʻdodga dahshatli vayronagarchilik va yuz minglab odamlarning halok boʻlganiga olib keldi.

Suriya sabogʻi

Kimyoviy qurollar 2013 yilning yozida Qoʻshma Shtatlar va ittifoqchilarining Suriyaga keng koʻlamli interventsiyasiga aralashishiga bir bahya qolgandi. Avgust oyida Sharqiy Gʻutada (Damashq chekkasida) nomaʼlum shaxslar zarin gazini sepgan – 600 dan 1300 kishigacha halok boʻlgan. Amerikaliklar bunda Bashar Assad hukumatini aybladi va mudofaa korxonalariga raketa va havo zarbalari berish bilan tahdid qildi. Inqiroz Rossiyaning aralashuvi tufayli hal boʻldi: Moskva Damashqni harbiy kimyoviy moddalar zaxiralarini xalqaro kuzatuvchilar nazorati ostida yoʻq qilishga koʻndirdi.
2017 yilga kelib, Suriyaning rasman eʼlon qilingan barcha zaharli moddalar zahiralari yoʻq qilindi. Biroq 4 aprel kuni Idlib viloyatining Xon-Shayxun shahrida zarin otib chiqilishi sodir boʻldi - 89 nafar odam qurbon boʻldi, 550 kishi yaralangan. Koʻpchilik jangarilar sherigi deb hisoblanadigan “Oq kaskalilar” jamoat tashkiloti vakillari Gʻarb OAVlariga aviatsiya maxsus oʻq-dorilariga xos boʻlgan toʻrtta “noodatiy kuchsiz portlash” haqida gapirib berishdi. Tabiiyki, yana Asadni ayblashdi.
Uch kundan keyin AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalari Suriyadagi Shayrat aviabazasiga “Tomagavk” qanotli raketalarini oʻqqa tutdi, bu yerdan goʻyoki kimyoviy bomba uchoqlari uchib oʻtgan. Xon Shayxun voqeasi boʻyicha tergov olib borilmadi ham. “Oq kaska”larning guvohliklarini ishonchli deb boʻlmaydi, chunki bu “koʻngillilar” kimyoviy urush qurollari boʻyicha mutaxassis emas. Ammo ular sahnalashtirilgan otishmalar, qalbakiliklar va ochiq yolgʻonlar bilan bir necha bor qoʻlga tushgan professional piarchilardir.

Misol uchun, 2018 yilning yanvarb oyida, oʻsha “Oq kaskalilar"ga koʻra, Sharqiy Gʻutadagi Duma shahrida kimyoviy hujum natijasida 13 nafar tinch aholi, jumladan ayollar va voyaga etmaganlar jarohatlangan.

Dalil sifatida Gʻarb OAVlari standart video ketma-ketlikni eʼlon qilishdi: negadir har bir kadrda turli odamlar (va turli interyerlarda) kislorod niqobidagi bitta chaqaloq va zanglagan xvostovik va uning jangovar kallagi oʻrniga tsilindrsimon shisha stakan oʻrnatilgan gʻalati oʻq-dori tushgan. Bu oddiy armiya tipidagi snaryadga emas, balki terrorchilar mohirona yasaydigan vaqtinchalik minomyot minasiga juda oʻxshaydi.
Shunga qaramay, Gʻarbda hech kim “Oq kaska”larning haqiqatiga shubha qilmadi. Vashington va Bryussel har safar oʻzlarining yolgʻon va soxta xabarlarga ishora qilib, Asad hukumatiga bosimni oshirdi.

“Garov zarari”

Biroq, Ukraina va NATO maxsus xizmatlari arsenalida kimyoviy hujumlardan ham kuchliroq qurollar bor. Rossiya maxsus operatsiyasining boshlanishidanoq Gʻarb OAVlari tomoshabinlarni “qonxoʻr ruslar” ataylab turar-joy binolariga zarba berayotganiga va koʻchalarda tinch aholini otib tashlayotganiga qatʼiy ishontirmoqda. Fuqarolik infratuzilmasiga zarbalarning muntazam ravishda Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy batalon va, ayniqsa hududiy mudofaadan kelib tushayotgani butunlay inkor qilishmoqda.
Internetda Ukraina Qurolli Kuchlari qasddan artilleriyani turar-joylar binolariga joylashtirgani va mahalliy aholining evakuatsiya qilinishiga yoʻl qoʻymayotgani, aholidan tirik qalqon sifatida foydalanishayotgani haqida koʻplab dalillar bor. Koʻrinib turibdiki, ularga buni xorijiy mamlakatlarda jang qilishga odatlangan va tinch aholining yoʻqolishini “garov zarari” deb ataydigan gʻarblik kuratorlari oʻrgatgan. Amerika samolyotlari Iroqning Mosul yoki Suriyaning Raqqa shahrini yakson qildi, biroq Gʻarbda hech kim Vashingtonga sanktsiyalar eʼlon qilinishini talab qilmadi.
Ayniqsa, Yevropa va Amerika OAVlarida keng tarqalgan Kiyev viloyatidagi Bucha shahridan olingan “rasm” bunga dalolat boʻladi. 3 aprel kuni shaharga kirgan terbat jangarilari (Rossiya qoʻshinlari 30 martda uni tark etganidan keyin) toʻsatdan oʻnlab tinch aholi jasadlarini, ommaviy qabrlarni, yertoʻlalarda qiynoqlar izlari boʻlgan jasadlarni va koʻchalarda boshqa dahshatlarni topishdi. Bu vahshiyliklar uchun birdan ruslar ayblandi.

Kramatorsk feyki

Biroq, ekspertlar Ukraina rasmiylari tomonidan tarqatilgan Bucha videolarida bir qator gʻalatiliklarga eʼtibor qaratishdi. Birinchidan, oʻlganlarning jasadlari holatiga koʻra, ular Ukraina harbiylari kelishidan koʻpi bilan ikki kun oldin oʻldirilgan: parchalanish belgilari yoʻq. Ikkinchidan, jasadlarning aksariyatining qoʻliga oq bogʻich bogʻlangan va bu ruslar tomonidan qoʻllanilgan tanib olish belgisi. Uchinchidan, video kadrlardagi “oʻlik”larning bir qismi harakatlangan. Toʻrtinchidan, jasadlarning aksariyati bir xil turdagi kiyimlarda va koʻchaning chekka qismida yotibdi. Beshinchidan, 2 aprel kuni Buchaga tashrif buyurgan ukrainalik jurnalistlar hech qanday qirgʻin haqida xabar bermagan. Va bunday nomuvofiqliklar juda koʻp.
“Kiyevda Donbass uchun janglar natijasini bezovtalik bilan kutishmoqda, - deydi siyosatshunos Andrey Suzdaltsev. Ukraina va Qoʻshma Shtatlar mana shunday ochiq-oydin provokatsiyalar bilan maxsus operatsiyani toʻxtatishga harakat qilmoqda. Hatto ularning oʻrtasida raqobat ham bor: kim birinchi boʻlib qiladi degan. Amerikaliklar uchun Gʻarb dunyosi hukmronligini koʻrsatish juda muhim. Ularning bir maqsadi bor - Rossiyani iblis qilib koʻrsatish”.
Barcha spektakllar ham kerakli natija bilan tugagani yoʻq. Masalan, 8 aprel kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Kramatorskdagi temir yoʻl stantsiyasiga "Tochka-U" ballistik raketasi bilan zarba berdi. 50 dan ortiq odam halok boʻldi. Ukraina va Gʻarb matbuoti, kutilganidek, Moskvani aybladi. Biroq aniq ajralib turadigan seriya raqami boʻlgan raketa parchalarining fotosuratlari matbuotga keng tarqaldi. Maʼlum boʻlishicha, bu oʻq-dorilar Ukraina arsenali tarkibida boʻlgan. Keyin gʻarb jurnalistlari buyruqqa amal qilib Kramatorsk haqida gapirishni toʻxtatdi.
Yaqinda NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlari rasmiylari odamlarning ommaviy oʻlimini “nomaqbul shaxslarni” jazolash uchun bahona sifatida ishlatgan. 1999-yil yanvarida Yugoslaviya politsiyasi Kosovoning Rechak qishlogʻida reyd oʻtkazdi va 45 jangarini yoʻq qildi. Yevropa Ittifoqi komissiyasi ularni tinch aholi sifatida qayd etgan. Mana urush uchun bahona. 78 kunlik NATO havo kampaniyasida minglab odamlar halok boʻldi, mamlakat vayron boʻldi.
Gʻarb siyosatchilari, harbiy va razvedka idoralari juda izchil strategiyaga ega. Agar qandaydir texnika, provokatsiya yoki soxta ishlar yaxshi natija bersa, ularni yana qoʻllanilishiga shubha qilmaslik kerak.
Yangiliklar lentasi
0