Jamiyat

Toshkent metropoliteni aholida qolgan jetonlarni majburiy qayta sotib oladi

© MintransJeton Tashkentskogo metropolitena
Jeton Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent metropoliteni 15 apreldan boshlab amal qilish muddatida sotib olingan va aholida qolib ketgan jetonlar oʻrniga pul yoki chiptalar evaziga qaytib olishi belgilandi.
TOSHKENT, 15 apr - Sputnik. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “Toshkent metropoliteni”DUKka jetonlarni sotib olish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2022 yilning yanvar oyida Agentlikka Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi V.D.Krasnov tomonidan 20 donadan ortiq xarid qilgan jetoni qolib ketgani va undan foydalanishga ulgurmagani boʻyicha murojaat qiladi. “Toshkent metropoliteni” DUKka sotib olingan metro jetonlari evaziga pulni qaytarish boʻyicha soʻrovlar yuborilganiga qaramay, oradan bir necha oy oʻtsa hamki, masala hal etilmaydi.
Agentlik oʻz vakolati doirasida 2022 yilning 16 martidapul mablagʻlarini isteʼmolchiga qaytarish yoki oʻrniga QR-kodli chiptalar koʻrinishida metropolitenda harakatlanish uchun amaldagi toʻlov shakllarini yoki yagona transport kartalarini joriy yilning 15 aprelidan boshlab taqdim etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqni chiqardi.
Eslatib oʻtamiz, metro kassalarida jetonlar savdosi 2020 yil 1 noyabrida yoʻl haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi munosabati bilan toʻxtatilgan edi. Biroq keyinchalik jetonlardan foydalanish 2020 yil 31 dekabrgacha, soʻng 2021 yilning 1 dekabrigacha boʻlgan muddatlarga ruxsat berildi.
Yangiliklar lentasi
0