Jamiyat

Zarafshon va Chirchiq daryolaridagi qum-shagʻal karyerlari toʻxtatildi

© Iz lichnogo arxiva Andreya ZaxvatovaRazrabotka novыx mestorojdeniy zolota, arxivnoye foto
Razrabotka novыx mestorojdeniy zolota, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yer osti suv olish inshootlari yaqinida va sanitar zonalarida joylashgan qum shagʻal karerlari faoliyati toʻxtatiladi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Zarafshon va Chirchiq daryolarining ichimlik suvi taʼminotiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan uchastkalarda noruda materiallarini qazib oluvchi tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyati toʻxtatildi. Bu haqida “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

“Inshootlar yaqinida qum shagʻal karerlari mavjudligi suvlarining pasayishiga taʼsir etadi. Oʻrganish ishlari davomida ushbu inshootlarning kuzatuv quduqlarida yer osti suv sathi pasayganligi aniqlandi. Suvlarning pasayishi aholining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatayotgan qoʻlbola quduqlardagi suv sathiga taʼsir etmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xususan, Toshkent viloyatidan oqib oʻtgan Chirchiq daryosi Chirchiq yer osti chuchuk suvlar konini doimiy toʻyintirib turadi. Ushbu konda 5 ta yer osti guruhli ichimlik suvi olish inshootlaridan 3 tasi daryo oʻzanida joylashgan.
Zarafshon daryosining mamlakatga kirib kelish nuqtasi –“Ravatxoʻja” toʻgʻonidan Kattaqoʻrgʻon shahrigacha boʻlgan oraligʻida “Zarafshon daryosining hozirgi havzasi” yer osti suv koni joylashgan. Ushbu konga jami 16 ta guruhli yer osti suv olish inshootlari bogʻlangan boʻlib, shundan 4 tasi Zarafshon daryosi oʻzaniga juda yaqin joylashgan.
Gidrogeologik oʻrganish natijasida quyidagicha xulosa qilingan:
Qazish ishlari davomida katta maydonlarda yerosti suvli qatlamlarini ochish, tevarak-atrofda, yaʼni 100-500 m radiusdagi yer osti grunt suvlari sathining 1-2 metrga pasayishiga olib keladi. Qazish ishlarida texnologik reglament talablariga qatʼiy rioya qilish lozim.
Zarafshon daryosi boʻyidagi "Dagbit suv olish inshooti" 3-uchastkasining 1-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan hududda qazish ishlarini toʻxtatish va rekultivatsiya qilish lozim.
Yerosti suv olish inshootlarining 2-sanitar-muhofaza mintaqasida joylashgan karyerlardagi qazib olish ishlari yerosti suvlarining (mikrobli) ifloslanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olib, ushbu hududlarda qazish ishlarini cheklash tavsiya etilgan.
Maʼlumot uchun, suv tanqisligi, oʻz navbatida, ichimlik suvi tanqisligiga olib keladi. Soʻnggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3048 m3 dan 1589 m3 gacha kamaygan. Jahon bankining tahliliy koʻrsatkichlariga koʻra, 2050 yilga borib Oʻzbekistonda suv tanqisligi besh barobarga oshadi.
Yangiliklar lentasi
0