Dunyoda

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga yana ikkita snaryad uchirdi – foto

© AFP 2022 / ANTHONY WALLACEMujchina proxodit mimo ekrana televizora s vыpuskom novostey s kadrami ispыtaniya severokoreyskoy raketы
Mujchina proxodit mimo ekrana televizora s vыpuskom novostey s kadrami ispыtaniya severokoreyskoy raketы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mamlakat yetakchisi Kim Chen In yangi taktik boshqariladigan qurollar sinovini shaxsan kuzatib turgan.
TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Shimoliy Koreya harbiylari 16 aprel kuni ikkita snaryadni sinovdan oʻtkazishdi. Raketalar Yapon dengizi yoʻnalishida uchirildi. Bu haqda Yonhap nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, raketalar 25 kilometrgacha boʻlgan balandlikda uchib, 110 kilometr masofani bosib oʻtgan, maksimal tezlik esa 4 Max’ga (4900 km/soat) chiqqan.
Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi mamlakat yetakchisi Kim Chen In yangi taktik boshqariladigan qurollar sinovini shaxsan kuzatib turganini xabar qildi. Sinov muvaffaqiyatli oʻtgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, agentlik hisobotida aytilishicha, Kim Chen In mamlakatning mudofaa qobiliyati va yadroviy jangovar salohiyatini yanada oshirishga oid muhim koʻrsatmalar bergan.
Yangiliklar lentasi
0