Jamiyat

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqish bir oyda 13,3 foizga qimmatlashdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari bir yilda oʻrtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 2022 yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda oʻrtacha 13,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Haydovchilikka tayyorlash boʻyicha kurslar narxlari yil boshidan buyon esa oʻrtacha 13,9 foizga qimmatlashgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan, yaʼni bir yilda oʻrtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Avvalroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish boʻyicha Toshkent shahridagi yagona markaz 1 apreldan nazariy va amaliy test sinovlaridan oʻtish narxini 50 foizga oshirishi xabar qilingan edi.
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi
Yangiliklar lentasi
0