Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Ovozdan saraton kasalligini aniqlash mumkinligi maʼlum boʻldi

© Fotolia / CrevisRakovaya kletka v organizme cheloveka
Rakovaya kletka v organizme cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Daily Express: ovozdagi oʻzgarishlar ogʻiz boʻshligʻi saratonining belgisi boʻlishi mumkin.
Turli belgilarga qarab saraton kasalligini aniqlash mumkin. Bunda ovoz oʻzgarishiga ham eʼtiborli boʻlishi kerak, deb yozadi Daily Express Angliya sogʻliqni saqlash milliy xizmati (NHS)xabariga tayanib.
Mutaxassislarning ogohlantirishicha, ogʻiz boʻshligʻi saratoni yuzning ichki qismida, lablarda yoki milklarda paydo boʻlishi mumkin.
Alomatlar orasida ovoz oʻzgarishidan tashqari yutishning qiyishlashishi, kutilmaganda vazn yoʻqotish, ogʻizdan qon kelishi yoki qurib qolishi, tishlar liqillashi, jagʻni qimirlatishda qiyinchiliklar, shuningdek, shilliq qavatda qizil va oq dogʻlar ham kasallik haqida darak boʻlishi ehtimoli bor.
Ammo mutaxassislar ushbu alomatlar paydo boʻlganda vahima qilmaslikni tavsiya qilgan. Chunki ular boshqa kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin. Ammo nima boʻlishidan qatiy nazar, mutaxassisga murojaat qilish lozim.
Yangiliklar lentasi
0