Iqtisod

Oʻzbekiston va Afgʻoniston temiryoʻl aloqalarini rivojlantirishga kelishib olishdi

© Uzbekiston Temir yoʻllariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Afgʻoniston delegatsiyasi “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temir yoʻli qurilishidan manfaatdor va ekanini taʼkidladi.
TOSHKENT, 18 apr - Sputnik. Termiz shahrida 12-14 aprel kunlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi raisi Baxturrahmon Sharafat boshchiligidagi afgʻon delegatsiyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Afgʻoniston tomoni "Soʻgʻdiyona-Trans" DK (“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli) tomonidan joriy yilning oʻtgan davridan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Xayraton – Mozori Sharif” temir yoʻl liniyasining ekspluatatsiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlardan toʻliq mamnunligini bildirdi.
© Uzbekiston Temir yoʻllariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
2021 yilning ikkinchi yarmidagi Afgʻonistondagi vaziyat oʻzgarishi tufayli (AQSH qoʻshinlari tark etishi), temir yoʻl yuk aylanmasida sezilarli pasayish kuzatilgan edi, lekin 2022 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan hamkorlikdagi ishlar tufayli yuk aylanmasi hajmi oʻtgan yilgi koʻrsatkichga yetdi (1,1 mln. tonna).
Muzokaralar chogʻida Afgʻoniston tomoni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati bilan birgalikda vagonlarni tushirishni tezlashtirish, bu orqali Hayraton stantsiyasiga kiruvchi yuklar hajmini oshirish, shuningdek, imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish va "Naybobot" va “Mozori Sharif” stantsiyalarini qayta tiklashni jadallashtirishga tayyorligini taʼkidladi.
“Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temiryoʻl loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari - oʻzbek-afgʻon muzokaralarning alohida muhim nuqtasi boʻldi. Xususan, belgilangan yoʻnalish boʻylab dala ekspeditsiyasini tashkil etish va oʻtkazish tafsilotlari va shu orqali yangi temir yoʻl liniyasini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni tezlashtirish masalasi muhokama qilindi.
Afgʻoniston delegatsiyasi ushbu temiryoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, ular uchun muhimligini alohida taʼkidladi, chunki bugungi kunda Afgʻoniston rivojlanish vektorlaridan biri bu - Markaziy Osiyoning va Janubiy Osiyo bilan integratsion loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdorlik hisoblanadi.
© Uzbekiston Temir yoʻllariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Delegatsiya aʼzolari shuningdek, Termiz shahrida Afgʻoniston fuqarolarini uchun tashkil etilgan taʼlim markaziga tashrif uyushtirishdi. U yerda mehmonlar Termiz lokomotiv deposidagi afgʻonistonlik temiryoʻlchilarning amaliy mashgʻulotlar va oʻquv markazi, hamda afgʻon talabalari uchun yaratilgan taʼlim, turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi.
Kelajakda Afgʻoniston bilan taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, Afgʻonistonda temiryoʻl mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun oʻzbekistonlik temiryoʻlchilar bilan birgalikda Hayraton stantsiyasi negizida dala oʻquv markazi tashkil etish rejalashtirilgan.
Afgʻoniston tomoni Oʻzbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, Afgʻonistonga koʻrsatilayotgan salmoqli yordam uchun minnatdorlik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirish rejasini alohida taʼkidladi.
© Uzbekiston Temir yoʻllariUzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Uzbekistan i Afganistan obsudili jeleznodorojnыe proyektы v Termeze
Yangiliklar lentasi
0