Jamiyat

Poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

© Sputnik / Vladimir Baranov / Fotobankka oʻtishPosledstviya silnogo vetra v Moskve
Posledstviya silnogo vetra v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Toshkent hokimligi kuchli shamol va yomgʻir yogʻishidan ogohlantirdi
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent shahrida kuchli shamol va yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Taʼkidlanishicha, shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam oʻrnatilmagan konstruktsiyalarni oʻrnidan qoʻzgʻatishi mumkin. Bundan ular ostidagi odamlar va avtotransport vositalari zarar koʻrishi mumkin.
“Sizdan kuchli shamol kuzatilganida koʻchada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruktsiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishni soʻraymiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzgidromet 18 va 19 aprelda baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzon kuzatilishidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0