Dunyoda

Vuchich: agar Serbiya Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritsya, Gʻarb uni taqdirlaydi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishPrezident Serbii Aleksandr Vuchich na press-konferentsii po itogam vstrechi v Belgrade s ministrom inostrannыx del RF Sergeyem Lavrovыm.
Prezident Serbii Aleksandr Vuchich na press-konferentsii po itogam vstrechi v Belgrade s ministrom inostrannыx del RF Sergeyem Lavrovыm. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Serbiya prezidenti Rossiya 2001 yildan buyon mamlakatga hamisha yordam qoʻlishini choʻzib kelganini taʼkidladi.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Gʻarb Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritmaganligi uchun Serbiyaga jiddiy bosim oʻtkazmoqda. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich maʼlum qildi.
Serbiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, Rossiyaga qarshi sanktsiya kiritganida, u har qanday mukofotni olgan boʻlardi, uni bunga qadar avtoritar deb bilganlar “dunyodagi eng buyuk demokrat” deb atay boshlashgan boʻlishardi.
“Sanktsiyalarni qoʻllamayotganimiz bizga qimmatga tushmoqda. Siz oʻylagandan ham koʻra qimmatroq”, - dedi Vuchich Pink.rs telekanali efirida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Serbiya rahbari Rossiya 2001 yildan buyon mamlakatga hamisha yordam qoʻlishini choʻzib kelganini taʼkidladi.
Avvalroq Vuchich Serbiya Rossiya bilan anʼnaviy doʻstona va hamkorlik munosabatlarini davom ettirishini maʼlum qilgan edi.
Serbiyada aholi Rossiyani qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda - video
Yangiliklar lentasi
0