Dunyoda

Yaman prezidenti Ar-Riyod bosimi tufayli isteʼfoga chiqdi - OAV

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishAbdrabbo Mansur Xadi
Abdrabbo Mansur Xadi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yetti yil davomida hukumatni topshirishni istamagan Yaman sobiq prezidenti Hodi Saudiya Arabistoni qarori bilan vakolatini topshirdi.
TOSHKENT, 18 apr - Sputnik. Saudiya Arabistoni rasmiylari Yaman prezidenti Abd Rabba Mansur Hodini isteʼfoga chiqishga va oʻz vakolatlarini Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirishga majbur qildi. Hozir prezident uy qamogʻida, deb yozmoqda Wall Street Journal Saudiya va Yaman rasmiylariga tayanib.

Yaman prezidenti mamlakatda yetti yil davom etgan fuqarolar urushidan soʻng oʻz vakolatlarini sakkiz nafar taniqli siyosiy liderni oʻz ichiga olgan Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirdi. Kengash tashkil etilgani haqida Ar-Riyoddagi umumiy maslahatlashuvlar yakunlari boʻyicha eʼlon qilindi, uning ishtirokchilari yangi kuch tuzilmasini husiylar bilan muzokara boshlashga chaqirishdi.

Ar-Riyoddagi muzokaralar chogʻida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol-Saud Yaman prezidentiga kengashga vakolatlarni topshirish qoidalarini belgilab beruvchi “yozma farmon”ni topshirdi, deb yozadi Amerika gazetasi. Hodini isteʼfoga chiqarish qarorini kengashning boshqa ishtirokchilari ham qoʻllab-quvvatlagan.
Yana bir manbaga koʻra, Saudiya Arabistoni rasmiylari Hodini hokimiyatdan ketishga koʻndirish maqsadida uning korruptsion faoliyatiga oid daliliy dalillarni oshkor qilish bilan tahdid qilishgan. Lekin Saudiya Arabistoni rasmiysining yana bir vakili Ar-Riyod Hodiyning hokimiyatdan chetlatilishini “tashkil etmagani” va korruptsiya harakatlarini fosh qilish bilan tahdid qilmaganini aytdi.
Zaklyuchennыe obnimayut rodstvennikov posle togo, kak xusitы osvobodili ix iz tsentralnoy tyurmы Sanы, Yemen - Sputnik Oʻzbekiston
Yaman mojarosi

2000 yillar boshida Yamanda Xusayin al-Xusiy boshchiligidagi shiya musulmonlari koʻp yil hukumat tepasida boʻlgan sunniy rahbarlarni diskriminatsiyada ayblab, norozilik namoyishlariga chiqishadi.

2004 yilda Al-Xusiy hukumat qoʻshinlari tomonidan oʻldiriladi va qarama-qarshiliklar keskin tus oladi.

2015 yil boshida xusiylar hukumatni kuch bilan egallab oladi va amaldagi prezident Hodi poytaxtdan qochishga majbur boʻladi.

7 yil davomida Hodi Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va boshqa davlatlar harbiy koʻmagida xusiylarga qarshi kurashib kelayotgan edi.

2022 yil aprelida u vakolatini Prezidentlik boshqaruv kengashiga topshirdi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0