Rossiya

Gʻarbning "iqtisodiy blitskrigi" amalga oshmadi - Putin

© Sputnik / POOLPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarb sanktsiyalari ish bermadi, aksincha AQSH va Yevropaning oʻzida iqtisodiy muammolar kuzatilmoqda - Putin.
TOSHKENT, 19 apr - Sputnik. "Gʻarb sanktsiyalar yordamida Rossiya iqtisodiy tuzilmasini barbod qila olmadi. "Iqtisodiy blitskrig" strategiyasi amalga oshmadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiyot masalalariga bagʻishlangan videoanjuman shaklida boʻlib oʻtgan majlisda.
"Soʻnggi vaqtlarda iqtisodiyot uchun eng salbiy boʻlgan omillardan biri bu Gʻarb davlatlari tomonidan uyushtirilgan sanktsiyalar bosimi boʻldi. Ular bizning mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy vaziyatni tezda izidan chiqarish, bozorlarda vahima uygʻotish, moliya tizimini izidan chiqarish va doʻkonlarda tovarlar defitsiti keltirib chiqarishni istagan edi, lekin bugun biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki - Rossiyaga nisbatan bunday siyosat muvaffaqiyatsizlikka uchradi", - dedi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga koʻra, sanktsiyalar aksincha, AQSH va Yevropada iqtisodiy vaziyat yomonlashuviga, narxlar va ishsizlik oshishiga olib kelgan.
Rossiyada esa, qisqa vaqt davom etgan tebranishdan soʻng, vaziyat barqarorlashgan, chakana savdo tarmoqlarida zahiralar qayta tiklangan.
Shuningdek davlat rahbari, hukumat bozorlarni nazorat qilishda "qoʻlda boshqarish" tizimidan voz kechib qaror qabul qilishda biznesga toʻliq erkinlik berishi - toʻgʻri qaror boʻlganini qayd etdi.
Shu bilan birga Rossiyada inflyatsiya biroz bezlashganini ham qayd etdi.
"Soʻnggi 1,5 oy davomida Rossiya isteʼmol tovarlari narxi sezilarli darajada oshdi - 9,4 %, yillik hisobda esa 8 aprel holatiga inflyatsiya 17,5%ni tashkil qilgan. "Ushbu vaziyatda fuqarolarimizni qoʻllab-quvvatlash kerak" , - deb qoʻshimcha qildi davlat rahbari.
Yangiliklar lentasi
0