Dunyoda

“Rai Al Youm”: Saudiya Arabistoni AQShdan yuz oʻgirib, Rossiya tomonga oʻtdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s naslednыm printsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednыm printsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Rai Al Youm” Saudiya Arabistoni oʻz qiziqishlarini Rossiya va Xitoy tomonga qaratayotganini qayd etdi.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni dunyo maydonida Amerika nufuzi tushib borayotgani ortidan Qoʻshma Shtatlardan yuz oʻgirib, Rossiya va Xitoyga qoʻshilishga qaror qildi, deb hisoblamoqda sharhlovchi Xalid al Jausiy.

“Ibn Salmon, ehtimol, 80 yil davomida Saudiya Arabistonining strategik ittifoqchisi boʻlgan Amerikadan yuz oʻgirishga va yangi Rossiya-Xitoy alyansiga qoʻshilishga qaror qildi. Bu nafaqat Fors koʻrfazi mintaqasida, balki butun Yaqin Sharqdagi tubdan oʻzgarishlar haqida signal beradi”, - deyiladi ekspertning “Rai Al Youm” nashrida chop qilingan maqolasida.

Al Jausiy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al Saud bir necha kun ichida Rossiya va Xitoy yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashganini inobatga olib shunday fikrni bildirgan.
U Ar-Riyod va Vashington munosabatlari Podshohlik valiahd shahzodasi bilan hamkorlik qilishni istamasligini aytgan prezident Jo Bayden davrida yomonlashganini eslatgan. Xususan, Muhammad bin Salmon al Saud Amerika yetakchisining Ukrainadagi harbiy operatsiya tufayli Moskvaga qarshi kiritilgan Gʻarb sanktsiyalari ortidan narxni pasaytirish uchun neft qazib olishni koʻpaytirish iltimosini rad etgan.
Eslatib oʻtamiz, fevral oxiridan buyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saud oʻrtasida ikki marta telefon suhbati boʻlib oʻtdi. Birinchi suhbat 3 mart, ikkinchi esa 16 aprel kuni boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida yetakchilar ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishgan.

Mavzuga oid:

OAV: Saudiya Arabistoni Putinni tanlaydi va Bayden bilan hisoblashib qoʻyish niyatida
Saudiya Arabistoni va BAA yetakchilari Bayden bilan muzokara oʻtkazishdan bosh tortishdi
Yangiliklar lentasi
0