Sport

Bokschi qizlarga ruhshunos mutaxassis qanday yordam berishi mumkin?

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaPered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jahon chempionati oldidan boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi uchun ruhshunos mutaxassis jalb etildi.
TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Boks federatsiyasi jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi uchun psixolog jalb etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaPered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Mashgʻulotlar "Adaptatsiya jarayoni", "Mental arifmetika", "Muammolarni birgalikda yechish va hamjihatlikni rivojlantirish", "Fikr bildirish metodikasi", "Mantiqni rivojlantirish" kabi mavzularda olib borilmoqda.
Psixolog Umida Atabayeva Sputnik muxbiriga maʼlum qilishiga koʻra, darslardan keyin terma jamoa qizlarida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilgan.
“Inson qancha jismonan kuchli boʻlmasin, ruhan tetik va oʻziga boʻlgan ishonchi boʻlmasa u albatta magʻlub boʻlishi mumkin. Sportchi ringga chiqqanda uning eshitish qobiliyati yoʻqolib qoladi. Bu holatga uni hayajon va oʻzini yoʻqotib qoʻyish (mondraj) olib keladi. Shuning uchun ringdan oldingi holatga tayyorgarlik qilib bormoqdamiz”, deydi Umida Atabayeva.
Psixologning soʻzlariga koʻra, sportchida ringda “toʻxtab qolish” jarayoni kuzatilishi mumkin. Bu darslar birinchi navbatda ularga ruhan tayyorgarlik koʻrish uchun kerak boʻladi.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaPered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
“Darslarda iloji boricha qoʻrquvni yengish, motsivatsiya berish, munosabat bildirish va diqqatni jamlash ustida ish olib borilmoqda. Ular qancha koʻp oʻzining imkoniyatlari va aqlan hech kimdan kam emasligini bilib olsa, oʻziga nisbatan ishonchi yanada oshadi”, deydi psixolog.
“Oʻz navbatida bunday yangi uslub terma jamoamiz aʼzolariga manzur kelmoqda va ular psixologik mashgʻulotlarni katta qiziqish bilan va faol tarzda olib borishmoqda”, deyiladi xabarda.
© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaPered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2022
Pered chempionatom mira s nashimi devushkami-bokserami rabotayet psixolog
Yangiliklar lentasi
0